Samsung Galaxy Z Flip3 5G va Z Fold3 5G ko‘pchilik kutgan xususiyatga ega bo‘ladi

Samsung Galaxy Z Flip3 5G va Z Fold3 5G ko‘pchilik kutgan xususiyatga ega bo‘ladi

Ayrim manbalarga ko‘ra, Galaxy Z Flip3 5G hamda Z Fold3 5G suvga chidamli bo‘ladi. Max Weinbach bergan ma’lumotiga ko‘ra, ikkala buklamafon IPX8 sertifikatiga ega. Ya’ni smartfonlar bir metrlik chuqurlikda 30 daqiqadan oshiqroq vaqt mobaynida o‘zidan suv o‘tkazmaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Flip3 kichikroq korpusga ega bo‘ladi

Agar xabarlar rost bo‘lsa, ushbu ikki qurilma suv o‘tkazmaydigan dunyodagi birinchi buklamafonlarga aylanadi. Biroq buklamafonlar uchun suvdan himoyadan ko‘ra changdan himoya muhimroq, chunki chang qurilmalarning buklanuvchi mexanizmi orqali smartfon ichiga kirib, uni zararlashi mumkin. Ammo changdan himoya to‘g‘risida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Umumiy olganda, buklanuvchi ekran hamda buklanuvchi mexanizmi bor bo‘lgan qurilmada IP sertifikatining bo‘lishi ham katta yutuq hisoblanadi.

O‘QING: Galaxy Z Fold 3 S Pen Pro'ni qo‘llab-quvvatlaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!