Samsung Galaxy Z Flip3 va Galaxy Z Fold3'lar 40 ta davlatda sotuvga chiqdi

Samsung Galaxy Z Flip3 va Galaxy Z Fold3'lar 40 ta davlatda sotuvga chiqdi

Samsung 11-avgustdagi Galaxy Unpacked marosimida ikkita buklamafon, ikkita aqlli soat va simsiz quloqchinlarni taqdim qilib, oldindan buyurtmalarni ochgan edi. Endi esa Galaxy Z Flip3 va Galaxy Z Fold3 smartfonlari 40 ta davlatda sotuvga chiqdi.

O‘QING: Samsung Galaxy M32 5G taqdim qilindi: Dimensity 720 va 48MP to‘rtta kamera

Oktyabrga qadar, smartfonlar butun dunyo bo‘ylab 130 ta davlatda mavjud bo‘ladi.

Galaxy Z Flip3 narxi O‘zbekistonda 11 million 499 ming so‘mdan boshlanadi. Smartfon naq 7 xil: Cream, Green, Grey, Lavender, Phantom Black, Pink va White ranglarda mavjud. 

O‘zbekistonda Galaxy Z Fold3 narxi 19 mln 999 ming so‘mdan boshlanadi. Galaxy Z Fold3 uchta: Phantom Black, Phantom Green va Phantom Silver rangda sotiladi.

Samsung smartfonlarni sotib olganlarga sovg‘alar taqdim qilmoqda. O‘zbekistonda 21 sentyabrga qadar Galaxy Z Flip3'ga oldindan buyurtma bersangiz, sovg‘aga Galaxy Buds Live, Smart Tag va «Ekran himoyasi» sertifikatiga ega bo‘lasiz. Galaxy Z Fold3 buyurtmasiga esa S Pen elektron qalami bilan chexol-qoplama va Galaxy watch3 soati beriladi.

Samsung'ning ma’lum qilishicha, yangi smartfonlarga kelib tushgan oldindan buyurtmalar rekord darajada bo‘ldi. Janubiy Koreyaning o‘zida bir millionta oldindan buyurtma qabul qilingan. AQShda esa Galaxy Z Flip3 va Galaxy Z Fold3'larning oldindan buyurtmasi yil davomida sotilgan Galaxy Z seriya smartfonlari sonidan ko‘p bo‘ldi. Hindistonda esa yangi buklamfonlarga Note20 seriyasiga qaraganda uch karra ko‘p buyurtma berilgan.

Ikki smartfon oldingi avlod modellardan kuchliroq va yengilroq hamda suvdan himoyaning IPX8 darajasiga ega. Galaxy Z Flip3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishish uchun bu yerga, Z Fold3 bilan tanishish uchun esa bu yerga bosing.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 seriyasi smartfonlarining kamera imkoniyatlari, displey o‘lchamlari hamda akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!