Samsung Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yana bir Samsung Unpacked taqdimoti ortda qoldi. Ushbu tadbirda to‘rtinchi avlod Galaxy buklamafonlari taqdim etildi. Kutilganidek, buklamafonlar ikki xil forma faktorida: Z Fold4 - planshetga aylana oluvchi katta smartfon, Z Flip4 - raskladushkaga o‘xshab buklanadigan kichikroq hajmdagi qurilma. 

Bugun biz Galaxy Z Flip4 modeli bilan tanishamiz. Ushbu qurilma ko‘p jihatdan o‘tgan yili Z Flip3'ga o‘xshaydi, biroq uning texnik ko‘rsatkichlari hamda dizaynida yaxshi o‘zgarishlar kuzatilgan. 

Samsung o‘tgan yili Z Flip3 modelining kamera, akkumulyator va uning quvvatlanish tezligini yaxshilagan edi. Bu yilgi Z Flip4 esa hozirda eng kuchli chipsetlardan biri bo‘lgan Snapdragon 8+ Gen1 bilan jihozlandi. 

Yangi model avvalgi avlodi kabi Dynamic AMOLED 2X asosiy hamda Super AMOLED tashqi displey bilan jihozlangan. Ammo Z Flip4 ekranining ramkalari ingichkalashgani sabab korpusning uzunligi biroz qisqardi, shuningdek, qurilmaga ingichkaroq buklanuvchi mexanizmning o‘rnatishni imkoni paydo bo‘ldi.  

Asosiy displey adaptiv 120 gerts chastotada ishlaydi. Uning maksimal yorqinlik darajasi 1200 nitni tashkil qiladi. Ekranning buklanuvchi joyidagi chiziq ko‘zga tashlanadi, hozircha ushbu chiziqni ko‘zga tashlanmaydigan darajada ko‘rinmas qilishning iloji bo‘lmayapti. 

Smartfon IPX8 suvdan himoya standartiga ega. Hozirgi buklanuvchi smartfon ichida faqatgina Samsung kompaniyasining uchinchi va to‘rtinchi avlod buklamafonlarida bunday imkoniyat bor xolos. Shuningdek, Samsung hamda Sony kompaniyalari deyarli barcha smartfonlarini IP standarti bilan ta’minlashga harakat qilmoqda. Bu juda ijobiy holat. 

Chipsetdan tashqari qurilmaning kameralari ham yaxshilandi. Orqa panelda hamon ikkita kamera joylashgan. Asosiy kamera 12MP rezolyusiyadagi kattaroq sensorga ega bo‘ldi. Ushbu kamera optik stabilizatsiyaga ega bo‘lib, uning diafragmasi f/1.8, piksel kattaligi esa 1.8 mikronni tashkil qiladi. Kameraning yorug‘likni qabul qilishi 65% ga oshdi. Bu o‘z navbatida tunda olingan suratlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. Asosiy kamera yonida 12MP ultrakeng kamera joylashgan. Old tomondagi 10MP selfi kamerada esa hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. 

Avvalgi modelga qaraganda Z Flip4'ning akkumulyator hajmi 12% ga kattalashgan - 3,300 mAs. Quvvatlash tezligi ham 15 vattdan 25 vattga, simsiz quvvlash tezligi esa 15 vattga oshirildi.  

Demak, smartfon yangi chip va asosiy kamera, shuningdek, kattalashgan akkumulyator hamda tezkor quvvlash texnologiyasiga ega bo‘lgan. 

Samsung Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 165.2x71.9x6.9mm, 187g; old panel plastik, orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus+), alyuminiy rom; IPX8 suvdan himoya standarti.

> Displey: 6.70 dyuymli Foldable Dynamic AMOLED 2X, 120 gerts, HDR10+, 1200 nits yorqinlik (maksimal), 1080x2640 piksel rezolyusiya, 22:9 forma faktori, 426ppi zichlik; Tashqi displey: 1.9 dyuymli AMOLED, 260 x 512 piksel (Gorilla Glass Victus+).

> Chipset: Qualcomm SM8475 Snapdragon 8+ Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.19 GHz Cortex-X2 & 3x2.75 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 8/512GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1.1.

> Kamera: Asosiy kamera: 12 MP, f/1.8, 24mm, 1.8µm, Qo‘sh piksel PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 12 MP, f/2.2, 123˚, 1.12µm.

> Selfi kamera: 10 MP, f/2.4, 26mm (keng), 1.22µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@60/240 kadr/sek, 720p@960 kadr/sek, HDR10+; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 3700 mAs; 25 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 15 vatt simsiz quvvlanish imkoniyati, 4.5 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; stereo dinamik.

Texnik ko‘rsatkichlarga qarab, bir narsa yo‘qligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Bu ko‘p flagman smartfonlarda uchraydigan telefoto kamera. Albatta, smartfonning buklanuvchi mexanizmni yaxshilangan, har holda kompaniya kamida uni 200,000 martagacha ochilib-yopilishini kafolatlaydi. Qurilma eng so‘nggi Gorilla Glass Victus+ shishasi va mustahkam alyuminiy korpusga ega bo‘lgani ancha yaxshi holat. 

Qadoq tarkibi

Smartfon juda ingichka qutida keladi. Uning ichida smartfon bilan birga USB-C kabeli hamda SIM-karta ejektori bo‘ladi xolos. 

Foto: GSMArena 

Qutida quvvlash adapteri bo‘lmaydi. Uni qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak bo‘ladi. 

O‘QING: Mish-mishlar yakunlandi. Apple'ning uzoq kutilgan taqdimoti 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi! 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!