Samsung Galaxy Z Fold 3 va uning asosiy texnik jihatlari TENAA saytida paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy Z Fold 3 va uning asosiy texnik jihatlari TENAA saytida paydo bo‘ldi

Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold 3 buklamafonini 11 avgust kuni taqdim etishi kutilyapti.

O‘QING: Samsung 11 avgust sanasida taqdim etishni rejalashtirayotgan gadjetlar ma’lum bo‘ldi

TENAA nashrning xabar berishicha Z Fold 3'ning qalinligi bor yo‘g‘i 6.4 mm ni tashkil qiladi. Oldingi avlodga qaraganda, buklamafon biroz ingichkalashgan. Shuningdek, Z Fold 3 takomillashtirilgan buklanuvchi moslamaga ega va ushbu moslama qurilmaning korpusi ingichkalashishiga sabab bo‘lgan.

Galaxy Z Fold 3 buklanganda uning o‘lchamlari 128.1 x 158.2 x 6.4 mm ni tashkil qiladi. Qurilmaning tashqi ekrani 6.2 dyuymdan iborat. Buklamafon Android 11 tizimida ishlaydi.

Z Fold 3'dagi eng katta o‘zgarishlar deb ekran ostidagi kamera, Snapdragon 888 chipi, 12GB rezkor xotira va avtofokusga ega bo‘lgan ultrakeng kamerani aytish mumkin.

TENAA saytida shuningdek, SM-F7110 model raqamli qurilma ham paydo bo‘lgan bo‘lib, u katta ehtimol bilan Galaxy Z Flip 3 bo‘lishi mumkin. Lekin ushbu qurilma haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

O‘QING: Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy F22 taqdimoti va xususiyatlarini Samsung rasman e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!