Galaxy Z Fold 3 S Pen Pro'ni qo‘llab-quvvatlaydi

Galaxy Z Fold 3 S Pen Pro'ni qo‘llab-quvvatlaydi

Kelasi oy taqdim etiladigan Samsung Galaxy Z Fold 3 buklamafoni S Pen'ni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. FCC ro‘yhati qurilma rasman S Pen Pro bilan ishlay olishini aytib o‘tdi.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold 3 va uning asosiy texnik jihatlari TENAA saytida paydo bo‘ldi

S Pen Pro stilusi Galaxy S21 Ultra, Note20 seriyasi, Note10 Lite, Tab S7 seriyasi ham Tab S6 kabi smartfon va planshetlar bilan ishlay olar edi. Endi esa Z Fold 3 ham ushbu stilusni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalarda Bluetooth LE orqali masofadan turib smartfonni stilus bilan boshqarish imkoniyati mavjud. Yana bir buklanuvchi yangi smartfon Galaxy Z Flip 3 S Pen'ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar ro‘yhatidan o‘rin olmagan.

S Pen Pro USB-C orqali quvvat oladi. Akkumulyator sig‘imi esa 100 mAs ni tashkil qiladi. Galaxy Z Fold 3 o‘zidan quvvat berish imkoniyatiga ega va S Pen Pro'ni zaryadlash muammo bo‘lmaydi. Biroq qurilmada stylus uchun maxsus uya mavjud emas.

O‘QING: Samsung 11 avgust sanasida taqdim etishni rejalashtirayotgan gadjetlar ma’lum bo‘ldi