Samsung Galaxy Z Fold3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy Z Fold3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bundan uch yil avval Samsung kompaniyasi birinchi avlod Z Fold buklamafonini taqdim etgan edi. Bir necha hafta oldin esa kompaniya o‘zining uchinchi avlod Z Fold3 smartfonini taqdim etdi. Samsung har yili ushbu modelni yangilangan versiyasini chiqarib kelmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy A32 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu yli koreyalik texnogigant Galaxy Note modellarini chiqarmadi. Ammo bu yilgi Galaxy S21 Ultra hamda Z Fold3 S Pen'ni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.

S Pen'ni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, Z Fold3 IPX8 suvdan himoya standartiga ega bo‘ldi.

Samsung Galaxy Z Fold3 5G'ing texnik jihatlari:

> Korpus: 158.2x128.1x6.4mm, 271g; old ekran shisha (Gorilla Glass Victus), asosiy ekran plastik, orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus), alyuminiy rom, IPX8 standarti.

> Displey:Asosiy ekran: 7.60 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1200 nit yorqinlik, 1768x2208 piksel rezolyutsiya, 374ppi zichlik; •Tashqi ekran: 6.2 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 832x2268 piksel rezolyutsiya.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1.1

> Kamera:Asosiy kamera: 12MP f/1.8, 26mm, 1/1.76“, 1.8µm, Dual Pixel, PDAF, OIS; •Telefoto: 12MP, f/2.4, 52mm, 1/3.6“, 1.0µm, PDAF, OIS, 2x optik zum; •Ultrakeng: 12MP, f/2.2, 123-daraja, 12mm, 1.12µm.

> Selfi kamera:Ekran ostidagi kamera: 4 MP, f/1.8, 2.0µm; •Tashqi displeydagi kamera: 10MP, f/2.2, 26mm, 1/3“, 1.22µm.

> Video yozuv:Asosiy kamera: 4K@60 kadr/sek., 1080p@60/240 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek., HDR10+; •Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kard/sek.

> Akkumulyator: 4,400 mAs; 25 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 11 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 4.5 vatt quvvat berish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; Samsung DeX , Samsung Pay.

Z Fold3'ning oldingi avloddan farqi uning selfi kamerasi asosiy displeyning ostiga olib o‘tilganligidadir. Shuningdek, qurilmaning tashqi displey o‘lchamlari kichraygan. Biroq yangilik sifatida, ushbu tashqi displey asosiy displey kabi 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qadoq tarkibi

Galaxy Z Fold3 hozirda Samsung Galaxy smartfonlari orasida eng qimmati hisoblanadi. Biroq uning qutisidan qurilma bilan birgalikda faqatgina USB-C kabeli hamda SIM karta ejektori o‘rin olgan. Qutida quvvatlash adaperi mavjud emas.

Taqqoslash uchun, Z Fold2'ning qutisida quvvatlash adapteri bilan birga AKG quloqchinlari bo‘lar edi.

Foto: GSMArena

Z Fold3 uchun oldindan buyurtma bergan xaridorlarga bir necha bonuslar mavjud. Bonuslar qatoriga smartfon uchun maxsus g‘ilof hamda 25 vattlik simsiz quvvtalagich kiradi.

O‘QING: Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!