Samsung Galaxy Z Fold3 haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi

Samsung Galaxy Z Fold3 haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi

Yangi Z Fold3 avvalgi avlod Z Fold2'ga qaragnda 18 grammga yengilroq bo‘lib, uning sof og‘irligi 282 grammni tashkil qiladi. Mish-mishlarga qaraganda, qurilmaning romlari titan yoki uglerod toladan ishlanadi. Bunday rom metall yoki alyuminiydan ishlangan romdan biroz yengilroq bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy M42 5G surati va taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi

O‘z navbatida, Z Fold3 akkumulyator sig‘imi ham kamaygan. Z Fold2'da ushbu ko‘rsatkich 4,500 mAs bo‘lsa, Z Fold3'da 4,275 mAs ni tashkil qiladi.

Shuningdek, yangi buklamafonning tashqi ekran hajmi ham kichraygan. Z Fold2'ning tashqi ekrani 6.23 dyuymni tashkil qilsa, yangi Z Fold3'ning ekrani 5.4 dyuymni tashkil qiladi.
Galaxy Z Fold3 suvdan himoya darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Bu bilan Z Fold3 buklanuvchi qurilmalar orasida birinchi bo‘lib IP darajasiga ega bo‘lgan smartfon bo‘ladi.

Samsung Galaxy Z Fold3 Galaxy Z Flip3 bilan birgalikda iyul oyida namoyish qilinishi kutilmoqda. Ikkala qurilma ham takomillashgan o‘ta yupqa shisha hamda yangi avlod buklanuvchi displeyiga ega bo‘ladi. Ushbu displey 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Galaxy S21 Ultra kabi Z Fold3'ni ham S Pen bilan ham boshqarish mumkin bo‘ladi. Biroq qurimada stilus uchun slot mavjud bo‘lmaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!