Samsung Galaxy Z Fold3 uchun ishlab chiqarilgan g‘ilofda stilus uchun uya bo‘ladi

Samsung Galaxy Z Fold3 uchun ishlab chiqarilgan g‘ilofda stilus uchun uya bo‘ladi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Z Fold3 smartfoni stilusni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo qurilmada stilus uchun uya bo‘lmasligi sababli, Samsung stilusga uchun uyaga ega bo‘lgan g‘ilofni chiqarmoqchi.

Note Pack g‘ilofida stilusni saqlash uchun joy bo‘ladi. Bu yil Galaxy Note seriyasi taqdim etilmasligini hisobga olsak. bu stilusdan faol foydalanadiganlar uchun yaxshi xushxabar. Stilus smartfon qutisidan o‘rin olmagan. Uni alohida sotib olish kerak bo‘ladi. Galaxy Z Fold3 avvalroq taqdim etilgan S Pen Pro stilusini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold 3 va uning asosiy texnik jihatlari TENAA saytida paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.