Samsung Gear Fit 2 Pro: sportga oshno etuvchi brasletni xarid qilish uchun 5 sabab

Samsung Gear Fit 2 Pro: sportga oshno etuvchi brasletni xarid qilish uchun 5 sabab

Samsung kompaniyasi 2017 yilning avgustida Galaxy Note 8 flagman smartfoni bilan birga, Samsung Gear Fit2 Pro fitnes-brasletini ham taqdim qilgan edi. Ushbu braslet Samsung Gear Fit 2 devaysidan farqli jihatlarga ega bo‘lgan.

Samsung Gear Fit 2 Pro texnik jihatlari:

Ekran:​ Super AMOLED, 1,5″, 432x216, sig‘imdor, qayrilma;
Operatsion tizim:​ Tizen;
Operativ xotira:​ 512 MB;
Doimiy xotira:​ 4 GB (2 GB foydalanuvchi uchun);
Xotira kartasi:​ yo‘q;
SIM-karta:​ yo‘q
Simsiz interfeys:​ Wi­Fi 802.11 b/g/n (2,4 GGs), Bluetooth 4.2;
Navigatsiya:​ GPS, GLONASS;
Datchiklar: akselerometr, barometr, mikrogiroskop, pulsometr;
Suvdan himoya: ISO 22810-2010 standarti;
Remeshok: ajraladigan, S va L o‘lchamda;
Akkumulyator: 200 mA soat, ajralmas;
O‘lchamlari:​ 51,3x25x11,5 mm;
Vazni:​ 33 gramm.

Samsung Gear Fit2 Pro – "aqlli" braslet 1.5 dyuymli, qayrilma displeyli Super AMOLED (432x216 pikselli) ekran, Samsung shu turdagi elektronika vositalari uchun ishlab chiqargan 2 yadroli Exynos protsessoriga, 512 MB operativ hamda 4 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

GPS/Glonass-modullari, yurak urishini nazorat qiluvchi datchik hamda barometr bilan bu braslet imkoniyatlari yanada yuqori.

Samsung Gear Fit2 Pro gadjeti Tizen operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Firma do‘konidan zarur ilova hamda siferblatlarni yuklab olish imkoni mavjud.

Suvga chidamlilik devaysning yana bir o‘ziga xosligi bo‘ldi: Samsung Gear Fit2 Pro gadjeti 5-atmosferagacha bo‘lgan bosimga dosh beradi, ya’ni u bilan birga 50 metrgacha chuqurlikka tushsa bo‘ladi. Demak, unda bemalol cho‘milish mumkin.

Shu bilan birga, Samsung to‘xtab qolgani yo‘q va Speedo kompaniyasi bilan hamkorlikda maxsus ilova ishlab chiqargan, uning yordamida suzish tezkorligi, masofasi va yurak pulsini nazorat qilish mumkin bo‘ladi.

Samsung Gear Fit2 Pro — Samsung Gear Fit 2 brasletining takomillashgan talqini bo‘lib, yuqori darajada himoya tizimiga ega bo‘lgani, yirikroq korpusi bilan ajralib turadi.

Samsung Gear Fit 2 Pro qo‘shimcha ma’lumotlarni smartfondan ham olib turadi. Braslet orqali ham xatlarga javob yo‘llash mumkin. Bluetooth-garnitura orqali uni musiqiy pleyer sifatida foydalanish mumkin.

Qadoqni ochamiz ...

Gadjet qora kartonga o‘ralgan bo‘ladi. Uning ichidagi manzara standart: Samsung Gear Fit2 Pro, quvvatlash uchun dok-stansiya, qo‘llanma.

Tashqi ko‘rinish, korpus va ekran

Samsung Gear Fit2 brasletini ko‘rgan bo‘lsangiz, siz uchun Gear Fit2 Pro tashqi ko‘rinishi va dizayni juda tanish. Korpus o‘lchami bir oz kattalashgan, suvdan himoya tizimi oshgan. Korpus plastikdan tayyorlangan.

Ekran silliq shaklda korpus yonlariga qadalgan. Avvalgi modeldan farqli ravishda, Samsung Gear Fit2 Pro qora yoki qora-qizil korpusda ishlab chiqarilgan.

Old panel deyarli qayrilma sensor SuperAMOLED-displeyidan iborat. Uning diagonali 1.5 dyuymli, ekran yuzasi uchinchi avlodga mansub Gorilla turidagi himoya shishasi bilan qoplangan.

Brasletning qayrilma, SuperAMOLED displeyli sensor ekrani 432x216 ta pikselni qamrab oladi. Har dyuymda 310.7 ta piksel borligi katta qulaylik yaratadi. Ekran yorqin, AMOLED matritsa ekani rangning jilodor va tabiiyligini ta’minlaydi.

Ekran yorug‘ligining zahirasi yuqori, undagi ma’lumotlarni bemalol o‘qish mumkin, hatto quyoshli sharoitda ham. Ekrandagi Always on Display funksiyasi esa yanada o‘ziga xos, ekran zarur ma’lumotlarni muntazam aks ettirib turadi.

Korpus o‘ngida ikkita mexanik tugmachalar bor: kattaroq tugma "orqaga", kichik tugma esa "bosh ekran"ga qaytaradi. Quyiroqda esa kichikroq tuynuk bo‘lib, bu mikrofon emas, barometr tuynugi.

Korpusning ostki qismida brasletni quvvatlash uchun kontaktlar hamda optik pulsometr mavjud.

Braslet bandining ko‘rinishi avvalgi kabi saqlab qolingan. Ularning o‘lchami turlicha bo‘ladi.

Samsung Gear Fit2 Pro suv havzasida 50 metrgacha chuqurlikdan qo‘rqmagani bois, u bilan birga basseynda ham, dengiz yoki daryoda ham cho‘milish mumkin. Buning uchun maxsus rejim ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu vaqtda sensor ekran o‘chirib qo‘yiladi.

Brasletni turli harakatlar bilan, misol uchun braslet taqilgan qo‘lni harakatlantirish orqali ham "uyg‘otish" mumkin.

Samsung Gear Fit2 Pro yengil va ixcham, uni taqib yurish oson. Tashqi ko‘rinish va korpus yig‘ilishi bilan muammo yo‘q.


Apparat ta’minoit

Gadjet faoliyati uchun 2 yadroli Exynos 3250 protsessori mas’ul. Uning chastota intervali 1 GGs. Operativ xotira sig‘imi 512 MB. Tizen operatsion tizimi uchun bu yetarli. Doimiy xotira sig‘imi esa 4 GB.

Samsung Gear Fit2 Pro datchiklari orasida akselerometr, barometr, giroskop, yurak urishi datchiklarini, Wi-Fi, Bluetooth 4.2, NFC hamda GPS/Glonass modullarini aytish mumkin.

Dasturiy ta’minot

Tizen operatsion tizimi to‘laqonli ishlashi uchun smartfonga 4 ta ilovani o‘rnatish kerak bo‘ladi: Samsung Gear, S Health, Gear S Plugin, Samsung Accessory Service.

Samsung Gear ilovasi batareya va xotira holatini nazorat qilishga, proshivka, sozlamalarni to‘g‘irlashga, ilovalarni o‘rnatish, musiqani uzatishga yordam beradi.

Sensor ekran boshqaruvning asosiy vositasi. Brasletning bosh ekranida tanlangan siferblat hamda bosilgan qadam, sarf qilingan kaloriya kabi qo‘shimcha ma’lumotlar aks etib turadi.

Bosh ekranning chap tomonidagi yordamchi ekranda ogohlantirishlar hamda o‘ng tomondagi yordamchi ekranda vidjetlar mavjud. Ularga mustaqil ravishda ham tartib berish mumkin.

Barmoqni ekranning yuqorisidan pastga qarab tortsangiz, tezkor sozlamalar paneliga duch kelasiz. (yorug‘lik, ogohlantirishlarni o‘chirish, "suzish rejimi"ga o‘tish. Shuningdek, smartfonni topish funksiyasi, sekundomer va taymer ham shu yerda.

Sozlamalar orqali yorug‘lik darajasini belgilash, shrift o‘lchamini tanlash, vibratsiya, gadjetni harakat orqali boshqarish kabi funksiyalarni ishga tushirish mumkin.

Samsung Gear Fit2 Pro bosib o‘tilgan qadamni sanaydi, shuningdek zinadagi harakatni ham qayd etadi.

Shu bilan birga, quyidagi bir qator harakat va holatlarni qayd etadi: tizzalash, qayrilish, tushish, suzish, velo-trenajyor, elliptik trenajyor, yoga. Gadjet uyqu holati va sifatiga oid ma’lumotlarni ham qayta ishlaydi.

Tashqi GPS-modul smartfonsiz ham zarur yo‘nalishlarni belgilash uchun ayni muddao.

Optik datchik pulsi, turli rejim va ilovalar evaziga brasletning ishlash aniqligi va sifati oshadi.

S Health salomatlikni nazorat qilish ilovasi Samsung Gear Fit2 Pro brasletiga foydalanuvchining jismoniy faolligiga oid barcha ma’lumotlarni uzatib turadi.

Akkumulyator imkoniyatlari

Samsung Gear Fit2 Pro maxsus dok-stansiya orqali quvvat oladi. Uni standart USB-shtekerga ulanadi. Quvvatlash vaqtida devays ekranida maxsus belgi aks etadi.

Akkumulyator avvalgi avlod brasletiniki kabi: 200 mA soat. Always On Display yoqilsa, yorug‘lik darajasi o‘rtachadan bir oz yuqori bo‘lganda, Bluetooth yoqiq turganida, pulsni avtomatik aniqlash tizimi yoqiq bo‘lsa, Samsung Gear Fit2 Pro to‘liq quvvat bilan bir kun "yashay oladi".

Always On Display funksiyasi o‘chirilsa, pulsni avtomatik o‘lchash rejimi o‘chirilsa, ekran yorug‘ligi pasaytirilsa, GPS va Wi-Fi ishlatilmasa, to‘liq quvvat 2 kunga yetadi.

Samsung Gear Fit2 Pro — eng ilg‘or fitnes-brasletlardan biri. Qayrilma dizayndagi AMOLED-ekrani, sport funksiyalari hamda zarur datchiklari, mashg‘ulotlarda smartfonsiz ham ishlatish imkoni mavjudligi, audiopleyer vazifasini o‘tashi, sodda va qulay interfeys, ilovalarga boyligi bilan bu devays diqqatga sazovor.


Samsung Gear Fit2 Pro xarid qilish uchun 5 sabab:

  1. Sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun zarur barcha datchik va interfeys mavjud;
    2. Uni 50 metrgacha bo‘lgan suvli chuqurlikka olib tushish mumkin;
    3. Sifatli va yorug‘ ekran;
    4. Zamonaviy hashamdor dizayn;
    5. Dasturlarga boy va foydalanish qulay.

Samsung Gear Fit2 Pro xarid qilmaslik uchun 2 ta sabab:
1. To‘liq quvvat 1 yoki 2 kunga yetadi;
2. Narxi xitoylik raqiblarga nisbatan qimmat.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop 1 465 000 so‘m Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!