Samsung Gear S2 va Fit 2 uchun iOS beta dasturini ishga tushirdi

Samsung Gear S2 va Fit 2 uchun iOS beta dasturini ishga tushirdi

Samsung kompaniyasi bugun Gear S2 va Fit 2 uchun iOS platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan “Gear iOS Beta program” dasturini ishga tushirdi. Janubiy Koreyalik kompaniya shu yo‘l bilan o‘zinig smartvotchlari savdosini yanada oshirishni rejalashtirgan. Chunki Gear turkumidagi smartvotchlar Tizen platformasida ishlab, iOS bilan mos kelmas edi. Shu sababli kompaniya Apple mahsulotlaridan foydalanadigan xaridorlar uchun Gear seriyasining iOS dasturida ishlaydigan versiyasini chiqaradi.

Samsung beta-dastur sinovlaridan olingan fikrlar yordamida iOS uchun mo‘ljallangan Gear Manager ilovasini yanada takomillashtiradi. Beta-dastur iPhone 5, 5S, 6, 6+, 6S, 6S+ va SE kabi Apple qurilmalarida iOS 8.4 yoki undan yangiroq versiyalarda ishlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!