Samsung Gear S3 taqdim etiladi

Samsung Gear S3 taqdim etiladi

Samsung  tomonidan bugun chiqarilgan tasvirga qaraganda, Gear S3 smart-soati yaqinlashib kelayotgan IFA 2016 ko‘rgazmasi doirasida 31-avgust kuni taqdim etiladi.

Gear S3 avvalgi Gear turkumidagi smart-soatlar singari Tizen operatsion tizimida ishlaydi. Samsung o‘tgan yili taqdim qilgan Gear S2 smart-soati o‘zining ko‘rkam dizayni, qulay interfeysi bilan ushbu sanoatdagi eng ilg‘or aksessuarlardan biriga aylangandi.

Hozircha yangi Gear S3 modeliga tegishli texnik ko‘rsatkichlar ma’lum qilinmagan. Ammo shuni taxmin qilish mumkinki, u o‘tmishdoshi kabi doirasimon dizayn va siferblat atrofidagi aylanma bezelga ega bo‘lishi mumkin. Smart-soat Gear S3 Classic, Gear S3 Frontier va Gear S3 Explorer versiyalarida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!