Samsung hali keyingi yil taqdim etiladigan Galaxy S21 flagmanlari uchun hozirdanoq buyurtma olyapti!

  •   DiMaX
  •  480
  •  10.12.2020 11:12

Samsung hali keyingi yil taqdim etiladigan Galaxy S21 flagmanlari uchun hozirdanoq buyurtma olyapti!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining yangi avlod flagman smrtfonlarini 14 yanvar kuni bo‘lishi taxmin qilinayotgan Galaxy Unpacked tadbirida namoyish etadi. Biz esa Galaxy S21, S21 Plus hamda S21 Ultra modellarining o‘lchamlarini taqqoslab ko‘rsatuvchi birinchi «jonli» fotosuratni e’lon qilgan edik. Shuningdek...

O‘QING: Galaxy S21 turkumining uchta flagmanini ilk rasmiy videolarda ko‘ramiz!

Buni qarangki, keyingi oyda (kalendarga ko‘ra bu keyingi yil ham bo‘ladi) rasman namoyish etiladigan bu smartfonlar uchun Samsung allaqachon avvaldan buyurtma rasmiylashtira boshladi! Kompaniyaning dunyodagi eng yirik do‘koni – Hindistonda joylashgan Opera House bo‘ladi. Ayni shu yerda yangi flagmanlardan istalgan biri uchun buyurtma berib qo‘yish mumkin.

Lekin bu «ko‘r-ko‘rona» tanlov asosida oldindan buyurtma bo‘ladi, ya’ni, buyurtmachi smartfonlarning na aniq narxini, na texnik xususiyatlarini bilmasdan boshlang‘ich badalni to‘lab, bron qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich to‘lovi ham ko‘p emas, atigi 2 ming rupiy bo‘lib, bu taxminan 30 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Xaridni buyurtmachilarga ushbu smartfonlarning Hindistondagi savdosi boshlangan kuni yetkazib berishadi.

Bundan tashqari, avvaldan buyurtma berganlar uchun Opera House binosida taqdimot o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Aftidan, bu tadbir yanvarning so‘ngida bo‘lib o‘tsa kerak, biroq xaridorlarga atalgan bonuslar ham bo‘ladi.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)