Samsung hali taqdim etmagan «megamonstr» allaqachon sotuvda: narxi, xususiyatlari va «jonli» videosi!

  •   DiMaX
  •  3731
  •  21.02.2020 13:57

Samsung hali taqdim etmagan «megamonstr» allaqachon sotuvda: narxi, xususiyatlari va «jonli» videosi!

Janubiy koreyalik texnogigant tez orada «megamonstr» deb maqtayotgani – Galaxy M31 smartfonini taqdim etadi. To‘rt modulli kamerasida 64 megapiksellik sensor qo‘llangan bu qurilmaning suratlari va deyarli barcha xususiyatlarini kuni kecha e’lon qilgan edik.

O‘QING: Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Ammo rasmiy namoyishidan ham avval ayrim internet-do‘konlar assortimentida Samsung Galaxy M31 modeli paydo bo‘lib ulgurdi. Masalan, Ukrainaning Rozetka onlayn do‘konida uning asosiy texnik xususiyatlari ham, narxi ham ko‘rsatib sotuvga qo‘yilgan.

Ushbu do‘konda Galaxy M31 xususiyatlari quyidagicha ko‘rsatilgan: diagonaliga 6,4 dyuymlik, tomchisimon kemtikli Super AMOLED displey; Exynos 9611 protsessori; 6/128 GB xotira; NFC moduli va modelning asosiy faxri – 6000 mA/soatlik akkumulyator.

Galaxy M31 bosh kamerasining to‘rtburchak blogida to‘rtta sensor mavjud: 64 MP(F/1.8) + 8 MP(F/2.2) + 5 MP(F/2.2) +5 MP(F/2.4). Bu kamera 4 karralik raqamli zumga ega, deyilmoqda. Smartfonning old kamerasi bo‘lsa 32 megapiksellik yakka datchikdan iborat.

O‘QING: Koronavirus Samsung uchun sovg‘a bo‘lishi mumkin

Bundan tashqari, mazkur saytda Galaxy M31 smartfonining «jonli» videotavsifini ham e’lon qilishgan – uni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Rozetka internet-do‘konida Samsung Galaxy M31 narxi ham ko‘rsatilgan – 7499 griven; bu esa taxminan 284 yevroga teng. Xabarlarga ko‘ra, Yevropada u dastlab shu narxda sotilib, keyin sal qimmatlashi kutilmoqda. Lekin onlayn magazinda uning qachondan aniq sotila boshlashi ko‘rsatilmagan, faqat «Yetib kelishi kutilmoqda», deya ta’kidlangan.

O‘QING: Samsung ikkita hamyonbop smartfonini Android 10’ga ertaroq yangilay boshladi

Ukrainaning yana bir – «Allo» onlayn do‘konida ham Galaxy M31 uchun oldindan buyurtma ochilgan. Unda ko‘rsatilishicha, smartfon 13 martda sotuvga chiqadi.

Galaxy M31 korpusi 159,2x75,1x8,9 millimetrlik o‘lchamga va 191 grammlik vaznga ega. Samsung uni qora, ko‘k va qizil ranglarda, lekin nisbatan yuqori narxda taklif etadi.

O‘QING: Samsung'da jinoyatchilar yig‘ilgan(mi?)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!