Samsung ham iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi

  •   DiMaX
  •  4205
  •  07.11.2017 09:34

Samsung ham iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi

Samsung kompaniyasi hamda uning smartfonsozlikdagi asosiy raqobatchisi – Apple bir-birining qurilmalari, shuningdek foydalanuvchilarining ustidan kuluvchi reklamalar tayyorlab kelishadi. Janubiy Koreya gigantining navbatdagi reklama roligida ham bunga yana bir bor guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Samsung, aftidan, raqobatda barcha vositalardan foydalanaverish mumkin, deb hisoblasa kerak. Apple esa, odatda bunday qitmirona «hujum»larga parvo qilmaydi. Kupertinolik gigant biror ishlab chiqaruvchining emas, balki Android mobil operatsion tizimining ustidan kulgani haqida yozganmiz.

O‘QING: iPhone reklamasida Apple Android tizimini masxaraladi [қисқа видео]

Samsung esa raqibining yangi iPhone X qurilmasi hamda uning faydalanuvchilarini mayna qiluvchi navbatdagi videolavhasini tayyorlab tarqatdi. Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Kupertinolik gigantning «yubiley ayfoni» rasman savdoga chiqarilganidan keyinoq Samsung o‘zining flagmani – Galaxy Note 8 haqidagi ushbu reklama roligini tayyorladi. Unda, o‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, bir necha yil mobaynida turli avlod Apple smartfonlariga sodiq bo‘lib kelayotgan oddiy inson turli cheklovlarga duch kelishi va nihoyat, Samsung kompaniyasining mahsulotidan foydalanishga o‘tishi tasvirlangan.

Aytish kerakki, Apple haqida masxaraomuz reklamalar tayyorlayotgan birgina Samsung emas. Masalan, 2016 yili Xitoyning OnePlus kompaniyasi o‘zining Feysbuk sahifasida Apple ustidan kulgan – iPhone 7 va iPhone 7 Plus telefonlarida quloqchin tirqishi yo‘qligini masxara qilgan.

O‘QING: iPhone 7’da oddiy quloqchin uchun tirqish ochish mumkin! (+video)

Shuningdek, 16 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Mate 10 taqdimoti arafasida Huawei kompaniyasi o‘zining Facebook-sahifasida antiqa videorolik chiqargan edi. Unda Apple’ning yangi iPhone X flagmani taqdimotida Face ID funksiyasi ayni namoyish jarayonida pand berib qo‘yganini mayna qilgan.

O‘QING: Ilk iPhone'ni raqiblar qanday mayna qilgani va yo‘qlikka ravona bo‘lishgani haqida

Xo‘sh, Samsung’ning bunday yo‘l tutganini siz qanday baholagan bo‘lar edingiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!