Samsung ham Rossiyani tark etadi

Samsung ham Rossiyani tark etadi

Samsung o‘zining barcha mahsulotlarini Rossiyaga jo‘natishni to‘xtatayotganligini juma kuni e’lon qildi deya xabar bermoqda The Verge nashri. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning bu qarorga kelishi Rossiya kuchlari Ukrainaning janubi-sharqiy qismidagi atom elektr stansiyasiga hujum qilganidan keyin keskinlashgan. 

"Hozirgi geosiyosiy o‘zgarishlar tufayli Rossiyaga jo‘natmalar to‘xtatildi. Bizning fikrimiz jabrlanganlarning barchasi bilandir va bizning ustuvor vazifamiz barcha xodimlarimiz va ularning oilalarini xavfsiz saqlashdir. Biz keyingi qadamlarimizni aniqlash uchun ushbu murakkab vaziyatni faol ravishda kuzatishda davom etamiz." deyiladi Samsung kompaniyasining umumiy PR elektron pochta manzili orqali ismini oshkor etmagan Samsung vakilining bayonotida. 

Bu shunchaki smartfonlar emas, balki, chiplardan tortib smartfonlar va maishiy elektronikagacha bo‘lgan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi, deb ma’lum qildi Bloomberg. Samsung Rossiyada smartfonlar bozor ulushining 30% dan biroz ortig‘ini egallagan. Rossiyada smartfonlar savdosi kompaniyaning qurilmalardan olgan global daromadining taxminan 4 foizini tashkil qiladi. Samsung kompaniyasi Rossiyaning Kaluga shahrida televizor ishlab chiqarish zavodiga ham ega. 

Samsung'dan oldin Apple, Microsoft, Google, Intel va AMD kompaniyalari ham o‘z mahsulotlari va xizmatlarini Rossiyaga yetkazishni to‘xtatgan edi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra tirnash va bukish testida o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!