Samsung ham shu oyda yana yangi smartfonlar taqdim qiladi

Samsung ham shu oyda yana yangi smartfonlar taqdim qiladi

Kupertinolik Apple kompaniyasi 8-martda o‘zining 5G bilan ishlaydigan o‘rta darajadagi uchinchi avlod iPhone SE smartonini taqdim qilinishi kutilayotgan bir paytda The Kore Herald nashrining xabar berishicha, Samsung ham o‘zining A seriyasidagi smartfonlari qatorini shu oy o‘rtasida yangilaydi. 

Kompaniya qachon yangi taqdimot o‘tkazishi haqida xabar bermagan, lekin o‘tgan yili Samsung o‘zining yangi Galaxy A72, A52, A32 smartfonlarini "Awesome Unpacked" tadbirida onlayn taqdim qilganidek, bu yil ham mart oyi o‘rtasida ana shunday yangi taqdimot o‘tkazilishi mumkin. 

Galaxy A23 va Galaxy A13 Samsung tomonidan rasman chiqarilganidan keyin katta ehtimol bilan kompaniya yangi taqdimotda bir necha oylardan beri mish-mish xabarlari tarqalib kelayotgan Galaxy A73, A53 va A33 smartfonlari taqdim qilinadi. Ushbu seriyadagi eng qimmat o‘rta darajali smartfon Qualcomm Snapdragon 778G SoC bilan ishlaydigan, Super AMOLED ekranga ega Galaxy A73 bo‘lishi kutilmoqda va bu smartfon Android 12 bilan keladigan ilk Galaxy A smartfoni bo‘ladi. 

O‘QING: Galaxy A13 4G hamda A23 smartfonlari taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!