Samsung ham "sun'iy intellekt integratsiyalashuvi poygasi"ga qo'shilishi mumkin

Samsung ham

Microsoft, Google va boshqa bir nechta gigant IT kompaniyalari ChatGPT yoki shunga o'xshash sun'iy intellektga asoslangan chatbot bilan o'z xizmatlarini xususiyatlarini yanada yuqori darajaga olib chiqishmoqda. Ehtimol, tez orada ular orasiga Samsung ham qo'shilishi mumkin.

Janubiy Koreyaning kompaniyasi rahbari, TM Roh, o'tgan hafta Malayziyada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Samsung sun'iy intellektga asoslangan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun global IT firmalari bilan hamkorlik qilishi mumkinligiga ishora qildi. U OpenAI'ning ChatGPT chatbotini misol qilgan holda shunday deydi:

"ChatGPT'ning "mashinani o'rganish" va "chuqur o'rganish" innovatsiyalarni ko'rsatmoqda ... Til modeli Samsung'ning yanada rivojlanishiga yo'l ochib beradi."

TM Roh, shuningdek, Samsung o'zining sun'iy intellektni rivojlantirishga yo'naltirilgan tadqiqot va ishlab chiqarish markaziga ega va u "kelajakda yaxshiroq sun'iy intellekt texnologiyalarini topish uchun turli sheriklar bilan hamkorlik qilishga ochiq" ekanligini ta'kidlagan.

Garchi ChatGPT kabi rivojlanmagan bo'lmasa ham, Samsung allaqachon o'zining sun'iy intellektga asoslangan Bixby suhbatdosh tizimiga ega va Galaxy qurilmalariga ichki o'rnatilgan.

O'QING: Saudiya Arabistoni o‘zining ilk gumanoid robotini taqdim qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!