Samsung hamyonbop Galaxy A turkumida to‘rtta modelini taqdim etdi – ikkitasi 5G-smartfon!

  •   DiMaX
  •  5795
  •  10.04.2020 13:31

Samsung hamyonbop Galaxy A turkumida to‘rtta modelini taqdim etdi – ikkitasi 5G-smartfon!

Janubiy koreyalik texnogigant keyingi kunlarda o‘rta narxli to‘rtta smartfonini ortiqcha shov-shuvlarsiz namoyish qildi. Aniqrog‘i – bulardan uchtasi avvalroq chiqqan modellarning boshqacha – global hamda 5G-versiyalari, bittasi tom ma’noda yangi telefondir.

O‘QING: 1-chorak yakunlari: Samsung ushbu bozorda yetakchi

Samsung mart oyida Yaponiya bozoriga mo‘ljallangan Galaxy A41 smartfonini namoyish qilgan edi. Endi esa kompaniya uning global versiyasini taqdim etdi va u faqat bosh kamera dizayniga ko‘ra yaponcha variantidan farqlanadi:

Global talqindagi Galaxy A41 ham 6.1 dyuymlik Infinity-U Super AMOLED-displeyga ega, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli ekran tasvir aniqligi Full HD+ formatida. Smartfon Helio P65 protsessori bazasida, 4/64 GBlik xotira bilan ishlaydi, 3500 mA/soatlik akkumulyatori 15 vattlik asosda tezkor quvvatlanadi. Android 10 tizimli bu qurilmani Yevropada may oyidan, 300 yevro evaziga olish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Samsung'chilarga ikkita xabar bor: biri yaxshi, biri yomon. Qaysi biridan boshlaylik?

Samsung yana ikkita – Galaxy A51 hamda Galaxy A71 smartfonlarining 5G-versiyalarini ham namoyish etdi. Ularning har ikkalasiga beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘lloqchi Exynos 980 protsessori o‘rnatilgan. 8 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan mazkur chipset ikkita Cortex-A77 hamda oltita Cortex-A55 yadrolarini, Mali G76 videochipini hamda 2.55 Gbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashuvchi 5G-modemni o‘z ichiga olgan.

Galaxy A51 5G hamda Galaxy A71 5G modellarining boshqa xususiyatlari ularning 4G-versiyalari bilan bir xil. Ushbu ikki smartfon yozda sotuvga chiqadi; Galaxy A51 5G narxi 500 dollar bo‘lsa, Galaxy A71 5G uchun 600 so‘rashyapti.

O‘QING: O‘ta qimmat Galaxy S20 Ultra’dan buni hech kim kutmagan edi!

Samsung namoyish etgan yangi smartfon esa Galaxy A21 modeli bo‘lib, u 6,5 dyuymlik Infinity-O displeyga ega. Ekran HD+ formatidagi tasvir aniqligiga ega; uning yuqori chap burchagida 13 megapiksellik old kamera uchun tirqish ochilgan.

Samsung Galaxy A21 apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio P35 protsessori tashkil etadi, 3/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega, yana 512 GBgacha hajmli microSD qo‘ysa bo‘ladi. Akkumulyator tok sig‘imi 4000 mA/soatlik u 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Smartfonning kvadrokamerasida asosiy modul 16 MPlik, 8 MPlik ikkinchisi keng burchakli ob’yektivga ega; makros’yomka va sahna chuqurligi sensorlari esa 2 megapiksellik. Barmoq izi skaneri ham orqa panelda joylashgan. One UI 2.0 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimiga ega Samsung Galaxy A21 ham yozda, 249 dollarlik narx bilan sotila boshlaydi.

O‘QING: O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.