Samsung har kuni katta miqdorda Galaxy S8 sotmoqda

Samsung har kuni katta miqdorda Galaxy S8 sotmoqda

Samsung Electronics kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan Galaxy S8 va S8+ flagmanlari soni 2017 yilning iyulida 20 million donaga yetdi. Bu to‘g‘rida Koreyaning The Investor nashri Strategy Analytics kompaniyasidagi manbaasiga tayanib xabar tarqatmoqda.

Mazkur tahlillarga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi aprel-iyun oylarida 19,8 mln dona Galaxy S8 va S8+ sotgan bo‘lsa, hisobot davrida bu raqam 20 milliondan oshgan. Samsung kompaniyasi har kuni deyarli 278 800 dona Galaxy S8 mobil aloqa vositasini ishlab chiqarib, bozorga chiqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S8 hamda S8+ 21 aprelda taqdim qilingan. Samsung kompaniyasining mobil gadjetlar bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Kox Dong Jin (Koh Dong-jin)ning so‘zlariga qaraganda, Galaxy S8 va S8+ smartfonlari savdosi "ajdodlari"nikidan 15% ga yaxshi.

Strategy Analytics hisob-kitoblariga ko‘ra, aprel-iyunda kompaniya  jami 79,5 mln dona smartfon sotishga erishgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 2% ga ko‘p. Koreyalik ishlab chiqaruvchi jahon smartfon bozorida sotilgan 22,1% gadjetlarga egalik qilib, 1-raqamli smartfon ishlab chiqaruvchiga aylangan. Uning raqibi, 2-o‘rinda turgan Apple'ning bu ulushi ancha-muncha kam -- 11%.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.