Samsung hatto Galaxy M01’dan ham arzon yana bitta smartfon tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  1515
  •  28.05.2020 09:42

Samsung hatto Galaxy M01’dan ham arzon yana bitta smartfon tayyorladi!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy M01modelini avvalroq Geekbenchservisida tekshirib ko‘rishgan edi. Bozorga uni o‘ta arzon Realme C3 (Narzo 10A) hamda Redmi 8A smartfonlarining kushandasi sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon smartfoni – Galaxy M01 xususiyatlari sizga ham yoqadi!

Insayderlar hatto Galaxy M01 narxini ham aytishgan – Samsung uni 132 dollardan kamroqqa baholamoqda. Lekin kompniya undan ham arzon yana bitta smartfon tayyorlayotgani shu kunlarda ma’lum bo‘ldi.

Bozorga Galaxy M01s nomi bilan taqdim etiladigan mazkur gadjet allaqachon SM-017F/DS model raqami ostida bir nechta regulyatorda sertifikatsiyadan o‘tgan:

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy M01 qurilmasining model raqami bundan farqli – SM-017F hisoblanadi. Shunga qaramay, ayrim kuzatuvchilar Galaxy M01 va Galaxy M01s – bitta smartfonning turli mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan nomlari bo‘lishi ham mumkin, deyishmoqda.

O‘QING: Samsung smartfonlariga noma’lum «kasallik» tushdi – yangilanishlarni o‘chirib qo‘ying!

Ayrim saytlar esa norasmiy tarzda Galaxy M01s xususiyatlarini ham e’lon qilishmoqda:

Nima bo‘lganda ham, Samsung ushbu arzon smartfonlari bilan Redmi hamda Realme kabi brendlarga qarshi raqobatga kirishmoqchi. Galaxy M01 taqdimoti uzog‘i bilan iyunning boshlarida bo‘lib o‘tishi aytilmoqda, Galaxy M01s esa keyinroq namoyish etilishi mumkin.

O‘QING: Samsung arzonroq 5G-smartfonlar uchun yangi protsessor taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!