Samsung himoyalangan Galaxy Tab Active 2 planshetini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1028
  •  17.06.2017 11:02

Samsung himoyalangan Galaxy Tab Active 2 planshetini tayyorlamoqda

Ayni damda Samsung kompaniyasi himoyalangan Galaxy Tab Active 2 planshetining ikki xil variantini tayyorlashga kirishgan. Bu haqda SamMobile resursi ma’lumot bermoqda.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, original Galaxy Tab Active gadjeti 2014 yili ishlab chiqarilgan. U boshlang‘ich darajadagi texnik xususiyatlarga ega, shuningdek,  changdan, suvdan va zarbadan himoyalangan edi.

Endi Samsung uning «avlod»lari – SM-T390 va SM-T395 belgili modellar ustida ishlamoqda. Xabarga ko‘ra, bulardan birinchisi faqat Wi-Fi tarmog‘ini, ikkinchisi esa – LTE va Wi-Fi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur planshetlar dastlab Yevropa va Lotin Amerikasida savdoga qo‘yiladi, keyin esa boshqa hududlarga ham chiqarilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!