Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1936
  •  28.07.2020 10:18

Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

Janubiy koreyalik texnogigant navbatdagi Samsung Galaxy Unpacked tadbirini 5 avgust kuni o‘tkazadi. Kompaniya unga bag‘ishlangan birinchi treylerini e’lon qildi.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini ham sig‘imdor akkumulyator bilan ta’minlayapti!

Ushbu tadbirda beshta yangi gadjetlar turkumi namoyish qilinishi kutilmoqda:

  1. Galaxy Note 20 hamda Note 20 Ultra fabletlari;
  2. Galaxy Z Fold 2 buklamafoni;
  3. Galaxy Watch 3 smart-soati;
  4. Galaxy Buds Live butkul simsiz quloqchini;
  5. Galaxy Fit fitnes-trekerining yangi avlodi;
  6. Galaxy Tab S7 hamda Tab S7+ planshetlari.

O‘QING: Galaxy Z Flip 5G taqdim etildi: Snapdragon 865+ chipli ilk Samsung smartfoni! (+video)

Quyidagi videoda ta’kidlanishicha, bu – Samsung Galaxy Unpacked marosimining birinchi treyleridir; demak, keyin boshqalari ham chiqadi:

Samsung Galaxy Unpacked tadbiri keyingi haftaning seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. O‘shanda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyasini mana bu havola orqali kompaniyaning rasmiy saytida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Watch 3’ni ilk bor «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!