Samsung ikki yillik smartfonlariga ham Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasini tarqatyapti

  •   DiMaX
  •  1858
  •  27.02.2021 12:13

Samsung ikki yillik smartfonlariga ham Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasini tarqatyapti

Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘z mobil qurilmalariga xavfsizlik yangilanishlarini uzatib turish muddatini uzaytirganligini e’lon qilgan edi. Samsung hozirda smartfon va planshetlarini Android 11 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan One UI 3.0 hamda 3.1 versiyalaridagi grafik qobiqli proshivkaga yangilamoqda.

O‘QING: O‘n xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasi kela boshladi!

Samsung hozir o‘zining ikki yil oldin taqdim etilgan flagman telefonlariga Android 11 tizimi asosida tayyorlangan One UI 3.1 grafik qobiq proshivkasini tarqatishni boshladi. Avvalo, kompaniyaning Galaxy Note 10 hamda Galaxy Note 10+ fabletlari uchun Germaniyadagi foydalanuvchilarga tegishli apdeyt jo‘natilmoqda va keyinchalik ushbu modellar boshqa hududlarda ham yangilanadi.

Bu ikkita rusumdagi smartfon uchun N97xFXXU6FUBD raqamli proshivkaning hajmi 1 gigabaytdan kattaroq bo‘lib, 2021 yil mart oyi Android xavfsizlik patchlarini o‘z ichiga olgan. (Ha, noto‘g‘ri o‘qiganingiz yo‘q – fevraldan tarqatila boshlagan xavfsizlik apdeyti aynan shunday nomlanadi, chunki u dunyo bo‘ylab martda tarqatiladi).

O‘QING: Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi

Android 11 asosidagi One UI 3.1 proshivkasi yana Galaxy S seriyasining ikki yil oldingi vakillariga ham kela boshladi. Bular – standart talqindagi Galaxy S10, yanada ilg‘or Galaxy S10+ hamda sal kamtarroq Galaxy S10e modellaridir.

Ushbu qurilmalar uchun Yevropaning ayrim hududlaridagi foydalanuvchila G97xFXXU9FUBD raqamli proshivkani ola boshlashgan. Qolgan hududlarga bu apdeyt mart oyida tarqatilishi kutilmoqda, smartfoningizdagi yangilanishlarni kuzatib boring.

Samsung esa allaqachon navbatdagi – Android 12 tizim talqini asosida One UI 4.0 grafik qobig‘ini tayyorlashga kirishgan...

O‘QING: Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!