Samsung ikkita hamyonbop va ommabop smartfoniga flagmancha funksiyalar qo‘shdi!

  •   DiMaX
  •  1451
  •  08.07.2020 16:13

Samsung ikkita hamyonbop va ommabop smartfoniga flagmancha funksiyalar qo‘shdi!

Odatda kompaniyalarning flagmanlari va o‘rta narxli smartfonlari nafaqat o‘zining protsessori, balki boshqa bir qator funksiyalariga ko‘ra ham farqlanadi. Lekin ilg‘or modellardagi ayrim opsiyalarni dasturiy ta’minot darajasida hamyonboplariga ham qo‘shsa bo‘ladi.

O‘QING: Atigi 99 dollarlik smartfon Xiaomi Mi CC9 Pro’dan zo‘r makrosurat oladi! (+«jonli» video)

Samsung kompaniyasi o‘zining o‘rta narx toifasiga mansub ikkita smartfoniga navbatdagi yangilanish bilan S-seriya vakillarig kameralarida mavjud bo‘lgan funksiyalarni joriy etdi. Bulardan biri yilning ilk choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfon – Galaxy A51 bo‘lsa, ikkinchisi DxOMark laboratoriyasi testida Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yenggan selfifon – Galaxy A71 modelidir.

Tegishlicha A515FXXU3BTF4 hamda A715FXXU2ATG1 versiyasidagi apdeytlarni o‘rnatgach, bu smartfonlar kameralariga Single Take, My Filters va Night Hyperlapse funksiyalari qo‘shiladi. Mazkur imkoniyatlardan shu paytgacha faqatgina Galaxy S10, Galaxy S20 hamda Galaxy Note 10 flagmanlarining egalari foydalana olar edilar.

Single Take funksiyasi keng burchakli ob’yektivni qo‘llagan holda 10 soniyalik videorolik yozib olish imkonini beradi. Sun’iy ong bu videodan eng yaxshi chiqqan kadrlarni tanlab olib, surat tarzida saqlaydi. My Filters opsiyasi fotosuratlar uchun filtrlarni mustaqil tarzda yaratishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, bu smartfonlar ham endi tunda ajoyib Timelapse-video suratga olishga qodir bo‘lyapti.

Kameraning yangi imkoniyatlaridan tashqari, Galaxy A51 va Galaxy A71 modellarining yangi proshivkalariga Quick Share hamda Music Share fayl almashish funksiyalari, fotogalereyaning maxsus rejimi hamda suratlarni tezkorlikda qirqib olish imkoni ham tatbiq etilgan.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!