Samsung ikkitalik ekranosti kamera tizimini patentladi

Samsung ikkitalik ekranosti kamera tizimini patentladi

Yuzni tanish funksiyasini yaxshilash uchun Samsung qiziq tizim ustida ish olib borayotgan bo‘lishi mumkin. Bu Samsung kompaniyasining KIPRIS'ga (Koreya intellektual mulk huquqlari bo‘yicha axborot xizmati) 2021 yil mart oyida topshirilgan patent arizasida tasvirlangan.

G‘oya juda oddiy - yuzning 3D modelini yaxshiroq yaratish uchun foydalanuvchining ikki burchakdan bir nechta tasvirini olish va undan autentifikatsiya qilish uchun foydalanish. Kompaniya ekranosti kameralardan foydalanishga alohida urg‘u bergan. Hozirgacha koreys texnogiganti o‘zining Galaxy Fold liniyasida ekranosti kameralardan foydalanib kelmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu ikkita ekranosti kamera ham birinchi buklanuvchi smartfonlarga o‘rnatiladi. Shuningdek, ushbu kameralarning boshqa qurilmalarda ham paydo bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas. Ushbu tizimni qo‘llash uchun kamerlarning birini displey ostidagi barmoq izi skanerining oldiga joylashtirish kerak bo‘ladi. Ehtimol, ikki kamera bitta optik modulga birlashishi ham mumkin.

Patentda ko‘p ma’lumot berilmagan. Ammo suratdagi smartfon bitta pastda, bitta tepada joylashgan ekranosti kameraga ega ekanligi ma’lum. Patentda ko‘z qorachig‘ini o‘lchash funksiyasi ham eslatib o‘tilgan.

Ushbu funksiyaning g‘oyasi shundan iboratki, insonning ko‘z qorachig‘i o‘lchami yorug‘lik sharoitlariga qarab o‘zgaradi. Bu yuz autentifikatsiyasini aldash uchun fotosurat yoki niqoblardan foydalanishga qarshi qo‘shimcha xavfsizlik chorasi sifatida ishlatilishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Civi 2'ning yangi tizerlari uning batareya va zaryadlanish xususiyatlarini oshkor qildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!