Samsung ishlatilgan iPhone’larni Apple’dan ham qimmatroqqa sotib olyapti!

  •   DiMaX
  •  1999
  •  10.10.2018 09:09

Samsung ishlatilgan iPhone’larni Apple’dan ham qimmatroqqa sotib olyapti!

Turli ishlab chiqaruvchilar «trade-in» dasturi doirasida mijozlaridan eski mahsulotlarini qaytarib olish evaziga yangilarini chegirma bilan sotishadi. Samsung esa bu borada raqiblarining mijozlarini ham o‘ziga og‘dirib olish yo‘llaridan unumli foydalanmoqchi.

O‘QING: Samsung’dan yangi aksiya: «iPhone’ni topshir va Galaxy S8’ga 560 dollar chegirma beramiz!»

Jumladan, kishilar o‘zining ishlatayotgan iPhone’larini topshiradigan va o‘rniga Galaxy S9, S9 Plus yoki Note 9 oladigan bo‘lsalar, Samsung bu ayfonlarni hatto Apple taklif etayotganidan ham qimmatroqqa olishni yo‘lga qo‘ydi.

Jumladan, yaxshi ahvolda bo‘lgan iPhone X’larni janubiy koreyalik kompaniya naq 600 AQSh dollaridan olishga rozi. Apple esa ishlatilgan yubiley flagmani uchun faqat 525 dollar taklif etadi. Lekin iPhone X’lar uchun Samsung taklifi vaqtinchalik aksiya xarakteriga ega – 3 noyabrda bu dastur yakuniga yetib, bu ayfonni u yana avvalgidek narxda – 399 dollardan olishga o‘tadi.

Aytish kerakki, bu – raqobatchilarining mijozlarini o‘ziga og‘dirib olish uchun Samsung yo‘lga qo‘ygan yagona dastur emas. Masalan...

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung hali e’lon qilinmagan Nokia 9 flagmanini Galaxy smartfoniga almashtirib bermoqchi!

Shuningdek, janubiy koreyalik kompaniya boshqa modellardagi iPhone’lar uchun to‘lovni ikki barobarga oshirdi. Jumladan, Samsung tutilgan iPhone 8 uchun 550 dollar taklif etyapti; bu esa uning ishlab chiqaruvchisi oladiganidan naq 200 dollarga qimmat narxdir. Apple GiveBack dasturi doirasida kupertinolik gigant iPhone 7 uchun 200 dollar taklif etayotgan bo‘lsa, uning osiyolik raqibi bu ayfonni 300 dollarga olishni yo‘lga qo‘ygan.

iPhone X’dan tashqari, Samsung kompaniyasi «trade-in» dasturi doirasida iPhone 8 Plus va Galaxy S9 Plus uchun ham 600 dollardan haq to‘lashini e’lon qilgan. iPhone’ini ikki baravar narxda topshirish uchun uning egasi mazkur aksiyada qatnashayotgan operator yoki reteylerdan 3 noyabrga qadar Galaxy Note 9, Galaxy S9 yoxud S9 Plus xarid qilishi lozim.

Bunday chegirma bilan bo‘lmasa-da, Apple hamda Samsung smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!