Samsung ixchamgina Galaxy S8 mini'ni sotuvga chiqaradi

Samsung ixchamgina Galaxy S8 mini'ni sotuvga chiqaradi

Displey diagonalining ixcham bo‘lgani yaxshi, deb hisoblaydiganlar hozir ham ko‘p. Ayni kunda esa ixcham smartfonlarning hammasi ham bugungi ilg‘or jihatlarga ega emas. Janubiy koreyalik axborot texnologilari ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Samsung flagmanlarining mini-versiyalarini yaratish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, yaqin kunlarda Galaxy S turkumining so‘nggi vakili bo‘lmish flagmanning "merosxo‘ri" -- Samsung Galaxy S8 mini nomi bilan bozorga chiqariladi. Bu to‘g‘rida Xitoyning  IThome.com resursi xabar tarqatgan.

Yangi gadjetning 5,3 dyuymli ekran paneli tomonlar nisbati 18:9 ga teng bo‘ladi. Ya’ni o‘lchamiga ko‘ra, uni 4,7 dyuymli ekranga ega ommabop smartfonlar bilan taqqoslash mumkin. Asl Galaxy S8 kabi kichik talqinda ham ekran old panel to‘liq egallab oladi. Faqat ekranning yuqori qismidagi hoshiyasi original Galaxy S8'niki kabi o‘ta yupqa bo‘lmaydi. Galaxy S8 mini kamroq sig‘imli batareyasi bilan ham farqlanadi.


Yana bir farq -- "mini" talqinda 2017 yilning ilg‘or Snapdragon 835 platformasi emas, 2016 yilning flagman protsessori bo‘lgan Snapdragon 821 chipi o‘rnatiladi. Aytish joizki, oddiy foydalanuvchi bu 2 protsessorning ishlash tezkorligini u qadar farqlamaydi ham.

Ekspertlarning fikricha, Samsung Galaxy S8 mini ham ko‘zning rangdor pardasini skanerlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. Unga 4 Gb tezkor va  32 Gb doimiy xotira o‘rnatiladi.

Kichik ekranli ilg‘or flagman yaratish fikri ko‘pchilik uchun ayni muddao. Ayniqsa, unda ilg‘or kamera tizimi o‘rnatilgan bo‘lsa.

Hozircha 5.3 dyuymli Samsung Galaxy S8 Mini'ning aniq narx-navosi ma’lum emas. Original S8 bugungi kunda AQSh va Yevropada, jahon smartfon bozorlarida $800 dollardan sotilmoqda. Marketologlarning fikricha, smartfon bozorda bugungi o‘rta narxli smartfonlarga qarshi tushiriladi va $399 dollarga baholanishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!