Samsung keyingi avlod RAM'ini ommaviy ishlab chiqara boshladi

Samsung keyingi avlod RAM'ini ommaviy ishlab chiqara boshladi

Besh oy oldin 12GBlik LPDDR5 DRAM modulni ishlab chiqarishni boshlagan koreyalik texnogigant endilikda 16GBlik modullarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni boshladi.

Pyontekdagi zavodda ishlab chiqarilishi boshlangan modul haqida kompaniya o‘z saytida yozar ekan, ushbu yangi komponent 10 nanometrli protsess asosiga qurilgani va 5 500 Mbit/soniya tezligida ma’lumot o‘tkazish imkoniga ega ekanligini ta’kidlagan.Press-relizda qayd etilishicha, platforma 12 gigabitli sakkizta va 8 gigabitli to‘rtta chipdan tarkib topgan hamda «hozirda mavjud o‘yin kompyuterlari va yuqori toifa leptoplarining DRAM sig‘imidan ikki barobar kattaroq»dir.

Ushbu texnologiyaning muttasil rivojlantirib borilishiga sabab iste’molchilarning quvvat, ishlash, tezlik, takomillashgan 5G hamda sun’iy ong xususiyatlari, jumladan, aqlli fotografiyaga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabidir.Kompaniya uchinchi avlod 10 nanometrli (1z) protsessi asosidagi 16GB LPDDR5 mahsulotlarini joriy yildan boshlab ommaviy ravishda ishlab chiqarish borasidagi rejalarini ham bayon qildi. Buning natijasida qurilmalarning axborot o‘tkazish tezligi 6 400 Mbit/soniyaga yetadi.

Texnogigant ushbu usul bilan «premium mobil qurilmalar, yuqori toifa shaxsiy kompyuterlar va avtomatik texnologiyalar bozoridagi o‘rnini mustahkam»lab olmoqchi.

O‘QING: «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» AnTuTu’da salkam 621 000 ball oldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!