Samsung keyingi ikki yil ichida radikal, grafen akkumulyatorli smartfon chiqarmoqchi

Samsung keyingi ikki yil ichida radikal, grafen akkumulyatorli smartfon chiqarmoqchi

Samsung litiy ionli akkumulyator quvvati uzoqqa yetishi uchun grafen texnologiyasi haqida ilk bora oshkor qilganda, ishlab chiqarish narxining qimmatligiga qaramay, hamma bu g‘oyani maqtagan edi. Biroq aynan mana shu narx omili sabab bunday texnologiyadan ommaviy ravishda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalanishning iloji bo‘lmagan.

Insayder Evan Blass'ga ko‘ra, koreys giganti "yoki keyingi yili, yoki 2021-yilda" grafen akkumulyatorli qurilma taqdim qilish arafasida turibdi.

2004-yilda kashf qilinganidan buyon yuqori o‘tkazuvchanlik va elastiklik xususiyatiga ega grafenga litiy ionli akkumulyatorlarga muqobil sifatida qarab kelinadi. Ushbu element ugelerodning bir turi bo‘lib, yuza haroratida katta o‘zgarish bo‘lmagani holda katta sig‘imga ega va tez quvvatlanuvchi kichik o‘lchamli va ingichka akkumulyatorga joylashtirilishi mumkin.

Taxmin qilish mumkinki, grafen akkumulyatorli ilk smartfon yoki Galaxy S11, yoki Galaxy Note 11 bo‘lishi kerak. Ikki telefon orasida, taqdimot vaqti inobatga olinsa, Note11'ning bu borada pioner bo‘lish ehtimoli kattaroqdir. Ustiga ustak, Galaxy S10'dan ajralib turishi uchun kompaniya bu yil Note 10'ga 45 vattli supertez quvvatlash texnologiyasini o‘rnatgani ham yana bir innovatsiya Note seriya smartfonida debyut qilinishi borasidagi qarashlarga asos bo‘lib xizmat qila oladi. Allaqachon Galaxy Note 11 dizayni va RAM'i (12 GB) ham butunlay o‘zgacha bo‘lishi, yuqori darajadagi ishlash sifati hamda takomillashtirilgan kameraga ega bo‘lishi haqida ma’lumotga egamiz. Kompaniya, hattoki, ushbu smartfon kamerasini Samsung fotografiyasida "yangi davr", deb atamoqda.

Biroq har qanday innovatsion texnologiyada bo‘lgani kabi grafenli akkumulyatorlar narxi ham o‘ta qimmat bo‘ladi. Blass'ning aytishicha, kompaniya ushbu texnologiyadagi mahsulotni ishlab chiqargan taqdirda ham, uning imkoniyatlarini kengaytirib, narxini kamaytirish ustida ishlashiga to‘g‘ri keladi. Insayderning yana ma’lum qilishicha, bu tipdagi ilk smartfon Bixby Home qurilmasidan oldin taqdim qilinishi kerak.

 NB Oxirgi yangilanish: 16-avgust, 2019-yil.

O‘QING: Smartfonlar uchun 108 megapiksellik kamera taqdim qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!