Samsung kompaniyaga bo‘lgan hujumni tan oldi

Samsung kompaniyaga bo‘lgan hujumni tan oldi

O‘zining Galaxy qurilmalari va boshqa mahsulotlarida mavjud bo‘lgan Knox xavfsizlik texnologiyasi haqida Samsung juda ko‘p gapiradi, lekin hech bir kompaniya raqamli hujumlarga qarshi to‘liq himoyalanmagan.

5-mart kuni LAPSU$ nomli xakerlar guruhi Samsung Electronics'ga muvaffaqiyatli hujum uyushtirib, 190 GB hajmdagi ma’lumotlarni internetda tarqatib yuborganligini o‘zining Telegram kanalida ma’lum qilgan edi. Kecha, dushanba kuni esa Janubiy Koreya kompaniyasi buni tasdiqladi. 

"Kompaniyaning ba’zi ichki ma’lumotlari bilan bog‘liq xavfsizlik buzilgan", deya xabar bergan Samsung Bloomberg nashriga. "Bizning dastlabki tahlilimizga ko‘ra, buzilish Galaxy qurilmalarining ishlashiga oid ba’zi manba kodlarini o‘z ichiga oladi, lekin iste’molchilarimiz yoki xodimlarimiz shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olmaydi. Hozirda biz biznesimiz yoki mijozlarimizga hech qanday ta’sir kutmaymiz. Biz bunday hodisalarning oldini olish uchun chora-tadbirlarni amalga oshirdik va mijozlarimizga uzluksiz xizmat ko‘rsatishda davom etamiz”.  

Ma’lum bo‘lishicha, tarqatib yuborilgan ma’lumotlar ichida Galaxy smartfonlari manba kodlari, xususan, biometrik autentifikatsiyasi algoritmlari va ba’zi operatsion tizim boshqaruvlarini chetlab o‘tish uchun "bootloader" manba kodlari, shuningdek, kompaniya ichki ma’lumotlari ham bo‘lgan, lekin bular orasida iste’molchilarga oid ma’lumotlar bo‘lmagan. 

O‘tgan oyda aynan shu LAPSU$ guruhi NVIDIA'ga ham hujum uyushtirgan va kompaniya ma’lumotlarini tarqatib yuborgan edi. 

O‘QING: Galaxy A73 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!