Samsung kompaniyasi Exynos 2200 chipini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Exynos 2200 chipini taqdim etdi

Samsung kecha o‘zining eng so‘nggi Exynos 2200 flagman chipsetini taqdim etdi. Galaxy S22 seriyasi aynan ushbu chip bilan jihozlanadi. Yangi chipset to‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, u Xclipse nomli GPU bilan birgalikda ishlaydi. 

O‘QING: Galaxy S22 seriyasi yangi avlod Gorilla Glass shishasi bilan jihozlanadi 

Grafik protsessor AMD RDNA2 arxitekturasiga asoslangan. Ushbu protsessor mobil telefonda nurlarni kuzatish va o‘zgaruvchan tezlikni taqsimlash kabi ilg‘or xususiyatlarni taqdim etuvchi «yakka tartibdagi gibrid grafik protsessor» bo‘lib, u bunday xususiyatga ega bo‘lgan birinchi smartfon chipi hisoblanadi. 

Nurlarni kuzatish - bu ob’yektlarning harakati va rangini hisoblash orqali real hayotdagi yorug‘likning harakatini aks ettiruvchi texnologiya. Ushbu texnologiya haqiqiy effekt va grafikalarni taqdim etadi. Bu xususiyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan o‘yinlarning grafikasi esa yanada oshadi. 

O‘zgaruvchan tezlikni taqsimlash - bu kompyuter va konsol o‘yinlarida qo‘llaniladigan yana bir texnologiya. Ushbu texnologiya kadrlar tezligi va o‘yinning ravonligini yaxshilaydi. 

Exynos 2200, shuningdek, ARMv9 protsessor yadrolarini birlashtirgan birinchi chipset ham hisoblanadi. Sakkiz yadroli protsessor bitta kuchli Cortex-X2 yadro, uchta Cortex-A710 yadro va to‘rtta Cortex-A510 kichik yadrolaridan tashkil topgan. Samsung an’anaviy ravishda o‘z chiplari chastotasini oshkor qilmadi. 

Yangi chipset takomillashtirilgan GPU va CPU'ga ega. Exynos 2100 bilan solishtirganda, unumdorlik ikki baravar oshdi va parallel ravishda ko‘proq hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi, bu esa umumiy sun’iy intellekt ish faoliyatini yaxshilaydi. 

Exynos 2200 chipi 200 megapikselli bitta kamera, 8K video yozish, 120 gerts chatotagacha bo‘lgan 4K displey yoki 144 gerts chastotadagi QHD+ displeylarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Chipset eng yangi LPDDR5 RAM va UFS 3.1 xotirasiga ega. 5G modem ham sub-6GHz, ham mmWave chastotalarida ishlaydi, global navigatsiya tizimi esa barcha asosiy standartlar va sun’iy yo‘ldoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung'ning ta’kidlashicha, Exynos 2200 chipini ishlab chiqarish boshlangan. Yangi Galaxy S22 seriyasi aynan ushbu chip bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.