Samsung kompaniyasi Galaxy S21 FE smartfonini 11 avgust sanasidagi taqdimotda namoyish etmasligi mumkin

Samsung kompaniyasi Galaxy S21 FE smartfonini 11 avgust sanasidagi taqdimotda namoyish etmasligi mumkin

Kelasi oy Samsung ikkinchi muhim Unpacked marosimini o‘tkazadi. Unda ikkita yangi buklamafon, Galaxy Buds quloqchinlari hamda ikkita smart soat taqdim etilishi kutilyapti. Bu yili Galaxy Note seriyasi taqdim etilmaydigan bo‘ldi. Shuning uchun, ko‘pchilik S21 seriyasining arzonroq vakili bo‘lgan S21 FE'ning ushbu taqdimot namoyishida ko‘rinish berishini kutayotgan edi.

O‘QING: Samsung 11 avgust sanasida taqdim etishni rejalashtirayotgan gadjetlar ma’lum bo‘ldi

LetsGoDigital bergan ma’lumotga ko‘ra, Galaxy S21 FE kelayotgan Unpacked tadbirida namoyish etilmaydi.

LetsGoDigital Samsung'ning rasmiy hujjatlarini ko‘rib chiqib, kompaniya smartfonni 11 avgust sanasida e’lon qilinmasligini tasdiqladi. Smartfon oktyabr yoki undanda kechroq taqdim etilishi mumkin.

Samsung Galaxy S21 FE 6.4 dyuymli FullHD+ Super AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Displey 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonning orqa peneli plastikdan iborat bo‘ladi. Hududga qarab smartfon Snapdragon 888 hamda Exynos 2100 chipi bilan jihozlanadi. Qurilmaning Grey, White, Violet hamda Green rangli turlari mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari rasman tasdiqlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!