Samsung kompaniyasi Note 8 olgan ilk suratlarni e’lon qildi

Samsung kompaniyasi Note 8 olgan ilk suratlarni e’lon qildi

Jahonning eng yosh smartfon ishlab chiqaruvchilari ham qo‘sh ob’yektivli bosh kamerali mobil aloqa telefonlarini sotuvga chiqarishga shoshgan bu davrda Samsung hattoki qimmat flagmanlariga ham 2 sensorli asosiy kamera o‘rnatishga oshiqmadi. Kompaniya qo‘sh ob’yektivli kamera texnologiyasini cho‘qqisiga yetkazib rivojlantirishni reja qildi va kamera ilovasi algoritmini takomillashtirish payida bo‘ldi.

Nihoyat, Samsung boshqalarga o‘xshamaydigan ilg‘or suratga olish texnologiyasini taqdim qilishga tayyor. 23 avgustda taqdim qilinishi kutilayotgan qimmatbaho Galaxy Note 8 fableti bosh kamerasiga 2 ta sensor o‘rnatilgan ilk samsung devaysi bo‘ladi. Kompaniya hozirdanoq bu "qo‘sh-ko‘z"ning imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Hali biror flagman kamerasi to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi avvaldan bu qadar jar solmagan edi.      

3 карралик яқинлаштириш функцияси

3 karralik yaqinlashtirish funksiyasi

Объектни

Ob’yektni "aqlli" yaqinlashtirish funksiyasi

Фокусни аниқлаш ва 3D технологияси

Fokusni aniqlash va 3D texnologiyasi

Тунги манзара битта ва қўш сенсорда олинган.

Tungi manzara bitta va qo‘sh sensorda olingan.

Оддий смартфон камераси олган сурат ва фаблетнинг қўш пикселли технологиясида олинган сурат.

Oddiy smartfon kamerasi olgan surat va fabletning qo‘sh pikselli texnologiyasida olingan surat.

Тунги шароитда олинган сурат.

Tungi sharoitda olingan surat.

Қайта фокус танлаш.

Qayta fokus tanlash.

Samsung Galaxy Note 8 bosh kamerasi 12 megapikselli keng burchak ostida suratga oluvchi modul hamda 13 megapikselli telefoto-modul birikmasidan iborat bo‘ladi. Bu modulda 3 karralik yaqinlashtirish texnologiyasi joriy qilinadi.

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 8 kamerasida olingan suratlarni e’lon qilib, yangi texnologiyasi nimalarga qodirligini ko‘rsatdi.

Бу суратда бош объектнинг 45 даражага бурилганини кўриш мумкин.

Aytish mumkinki, koreyalik texnolog va muhandislar yangi ishlanmalari orqali qo‘sh kamera imkoniyatlari amalda cheksiz ekanini isbotlashdi.  

Орқа фон эффекти билан сурат олиш.

Orqa fon effekti bilan surat olish.

Smartfon kechki va qorong‘u sharoitda yaxshi suratga oladi. Unda maxsus Super Night Shot va orqa fonni xira-shira qilib oladigan "Portret" janrlari bor. Suratlarda ko‘rinib turibdiki, tasvirlar tabiiy va yuqori dinamik diapazonga ega. Bosh kameradagi 2-modul surat olingandan keyin ham fokusni o‘zgartirish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fabletning qo‘sh kamerasi uchun firmaning 3D-surat oluvchi va "aqlli avtofokus" tizimlariga ega, sifat va detallarni yo‘qotmasdan turib ob’yektni yaqinlashtirish funksiyasi bilan ta’minlangan sensorlari o‘rnatiladi.

Galaxy Note 8 Samsung tarixidagi eng qimmat smartfon bo‘ladi. Uning bahosi Koreyada 1000 dollar, Yevropada 1100 dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

Hozirgacha ma’lum xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 ekrani "ajdodlari"ga nisbatan yirik bo‘lib — diagonali 6,3 dyuymli displey bilan ta’minlanadi. Galaxy S8 kabi, yangi gadjet uchun Infinity Display ekran dizayni tanlanadi va uning tomonlar nisbati ham 18.5:9 hajmli, Super AMOLED matritsali ekranning piksellar sig‘imi Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) bo‘ladi.

Samsung Galaxy Note 8 fabletiga xos yana bir muhim jihat -- unga Qualcomm Snapdragon 835 (Snapdragon 836) yoki Samsung'ning Exynos 8895 protsessori, 6 GB tezkor va 256 gigabaytgacha bo‘lgan doimiy xotira o‘rnatiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!