Samsung kompaniyasi Starbucks bilan hamkorlik qiladi

Samsung kompaniyasi Starbucks bilan hamkorlik qiladi

Samsung o'zining smartfonlari, gadjetlarini boshqa kompaniyalar bilan birga "kiyintirish"ni yaxshi ko'radi va so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, kompaniya endilikda Janubiy Koreyada Starbucks bilan hamkorlik qilmoqda. Kompaniyalar bugun, 28-iyuldan boshlab Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlar va Galaxy Buds simsiz quloqchinlari uchun Starbucks logotiplari tushirilgan turli xil yashil ranglardagi, ekologik toza materiallardan tayyorlangan himoya keyslari sotuvga chiqarishyapti.

Hamkorlikda yaratilgan keyslar dizayni biri boshqasidan ajoyib bo'lib, masalan, Galaxy S22 Ultra uchun chiqarilgan keyslarning biri orqasida xuddi Starbucks kvitansiyasiga o'xshash tasmaga ega.

Galaxy S22 va S22+ keyslarining biriga esa ajoyib shior yozilgan: "Galaktikangizda yulduzlarni sanang".

Eng qizig'i esa, Galaxy Buds keyslarining biri ustiga chiroyli ko'pikli barg tushirilgan latte bilan to'ldirilgandek ko'rinadigan, tutqichli kofe stakaniga o'xshaydi va garchi cho'ntakbop bo'lmasa ham, juda yoqimtoy ko'rinadi.

Albatta, mahsulotlar cheklangan miqdorda va afsuski, ular faqat Janubiy Koreyada sotuvga chiqarilgan.

O'QING: Galaxy'lar uchun One UI 5.0 sinovi boshlanmoqda