Samsung ko‘rinmas kamerali Galaxy Note 21 Ultra’ni videoda ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2211
  •  12.01.2021 16:38

Samsung ko‘rinmas kamerali Galaxy Note 21 Ultra’ni videoda ko‘rsatdi!

CES 2021 ko‘rgazmasiga bag‘ishlab Samsung kompaniyasi bir nechta videoroliklar chiqardi. Shulardan biri – Galaxy Upcycling nomli utilizatsiya dasturiga bag‘ishlangan lavhadir.

O‘QING: O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

Xullasi kalom, eski telefonlarning «ikkinchi hayoti» haqidagi rolikda Samsung hali taqdim etmagan g‘ayrioddiy smartfon ishlatilgan. Bunga e’tibor bergan LetsGoDigital resursi keyin tasvirni to‘ldirib e’lon qilgan.

Videolavhadagi qurilmaning ekranida old kamera uchun na kemtik, na tirqish ko‘zga tashlanmaydi – unda «yashirin kamera» qo‘llangan bo‘lishi kerak:

Aftidan, bu yerda Samsung shu yil kuzda taqdim etadigan fabletlarning eng ilg‘ori – Galaxy Note 21 Ultra modeli ko‘rsatilgan. Zero, videodagi qurilmaning ekrani chetlari biroz qayrilgan. Insayderlarga ko‘ra, standart Galaxy Note 21 displeyi xuddi Galaxy Note 20 modelidagi kabi tekis bo‘ladi, uning «ultra» versiyasida esa Galaxy Note 20 Ultra planshetofonidagi singari qayrilma displey ishlatiladi.

O‘QING: Galaxy S21 smartfoni va qadog‘i aks etgan «jonli» video tarqaldi (+narxlari)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!