Samsung kutilmaganda Galaxy S10 flagmanlarini 300 dollargacha arzonlashtirdi!

  •   DiMaX
  •  6530
  •  04.10.2019 17:48

Samsung kutilmaganda Galaxy S10 flagmanlarini 300 dollargacha arzonlashtirdi!

Smartfonsozlar odatda yangi modelni taqdim etish arafasida oldingilarining narxlarini pastlatishlariga guvoh bo‘lamiz. Janubiy koreyalik texnogigant ham Galaxy S10 turkumidagi qurilmalarini arzonlashtirdi.

O‘QING: Samsung eng ixcham va arzon Galaxy A smartfonini tayyorlayapti!

Afsuski, mazkur arzonlashuv hozircha kompaniyaning AQShdagi onlayn do‘konigagina tegishli. Lekin mazkur flagmanlar narxlari boshqa mamlakatlar bozorlarida ham tushishini kutish mumkin.

Samsung aynan katta hajmli ichki xotiraga ega ilg‘or versiyalarni, lekin yaxshigina arzonlashtirgan. Masalan, Galaxy S10 (sotib olish) modelining 512 GBlik doimiy xotirali variantining narxi 1150 dollardan 950 dollarga tushirilgan, ya’ni u 200 dollarga arzonlashgan. Xuddi shunday konfiguratsiyali Galaxy S10+ (xarid qilish) ham shunchaga arzonlashtirilgan – uni endi 1050 dollarga olish mumkin. Ichki xotirasi 1 terabaytlik Galaxy S10+ esa naq 300 dollarga arzonlashib, narxi 1300 dollargacha tushgan. Turkumning kenjasi – Galaxy S10e esa, afsuski, hozircha arzonlashmagan.

Eslatib o‘tamiz: hozirgacha global bozorga chiqqan bir qator Samsung telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Yetib keldik: Xiaomi kabi, endi Samsung ham smartfonlarini reklamaga to‘ldirib tashlaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!