Samsung kutilmaganda Galaxy S21 FE suratini rasmiy Instagram-sahifasiga chiqardi!

  •   DiMaX
  •  583
  •  10.08.2021 10:45

Samsung kutilmaganda Galaxy S21 FE suratini rasmiy Instagram-sahifasiga chiqardi!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy S21 FE (yoki Galaxy S21 Fan Edition) nomli smartfonini Galaxy Unpacked tadbirida taqdim etmasligi aytilgan edi. Ammo kompaniya kutilmaganda o‘zining Instagram-sahifasida uning suratini e’lon qildi!

O‘QING: Snapdragon 888 chipli yangi flagmanini Samsung hatto Galaxy S20 FE’dan ham arzon chiqaryapti!

Ijtimoiy tarmoqdagi Samsung rasmiy sahifasida e’lon qilingan quyidagi suratda aks etgan smartfonni Samsung Galaxy S21 FE, deyishmoqda. Buning rasmiy tasdig‘i yo‘q, ammo kompaniya bu rasmni tezda sahifasidan olib tashlaganiga qaraganda, bu – chindanam o‘sha model.

Samsung Galaxy S21 FE bu suratda Galaxy Book noutbuki hamda Galaxy Buds Pro quloqchini bilan birga ko‘rsatilgan. Original post tezda o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, surat allaqachon internetda tarqalib ketgan.

Ushbu qurilmaning texnik xususiyatlari bilan ushbu xabarimizda tanishib chiqishingiz mumkin. O‘zbekistonda sotilayotgan ayrim Samsung Galaxy smartfonlarining avgust oyidagi narxlarini esa mana bu yerda e’lon qilganmiz

O‘QING: Eng kuchli hamyonbop Samsung smartfonini anboksing videosi to‘liq fosh etdi! (+Geekbench testi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!