Samsung kutilmaganda Snapdragon 865 chipli hamyonbop flagmanini LTE-versiyada chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  898
  •  29.03.2021 15:00

Samsung kutilmaganda Snapdragon 865 chipli hamyonbop flagmanini LTE-versiyada chiqaryapti

Janubiy koreyalik gigant bultur 23 sentyabrda Galaxy S20 FE (yoki Galaxy S20 Fan Edition) smartfonini ikki xil versiyada taqdim etgan. Arzonlashtirilgan flagmanning 5G-versiyasi Snapdragon 865 chipseti bazasiga qurilgan, LTE-talqinida esa Samsung o‘zining Exynos 990 protsessorini qo‘llagan.

O‘QING: Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Samsung endi ushbu smartfonining uchinchi versiyasini ham tayyorlabdi va uni allaqachon Wi-Fi Alliance tashkilotida sertifikatlab ham ulguribdi. Tashkilotning ma’lumotlar bazasidagi qaydga ko‘ra, bu smartfon SM-G780G model raqamiga ega.

Yangi talqindagi Galaxy S20 FE modelining narigi ikkitasidan farqi shundaki, uni ham Snapdragon 865 chipi bilan ta’minlashgan, ammo 5G-modemdan mahrum etishgan. Shunga qaraganda, yangi gadjetning samaradorligi yuqori, lekin narxi yanada past bo‘lishi kerak.

Mazkur qurilmaning boshqa barcha xususiyatlari o‘sha bulturgi versiyalari bilan bir xil. Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan mana bu maqolamizda tanishish mumkin. Samsung bu yangi smartfonini qachon taqdim etishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochib, o‘zini ishlatib ko‘rsatishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.