Samsung kutilmaganda to‘rt yillik flagmanlarga yangilanish jo‘natdi

Samsung kutilmaganda to‘rt yillik flagmanlarga yangilanish jo‘natdi

Samsung to‘rt yil oldin Galaxy S8 va Galaxy S8+ smartfonlarini ishlab chiqargan va bir necha oy oldin ularni tizim yangilanishini qabul qiladigan modellar ro‘yxatidan chiqarib tashlagandi. Shunga qaramay, kompaniya ular uchun yangi va juda muhim xavfsizlik patchini chiqardi.

Boliviyada ushbu smartfonlar uchun G95xFXXUCDUE1 raqamli yangi proshivka chiqarildi. Unda may oyidagi Android xavfsizlik yangilanishlari mavjud bo‘lib, ular tizimning bir nechta zaif tomonlarini bartaraf etadi va barqarorlikni yaxshilaydi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S8 va Galaxy S8+ smartfonlari Android 7.0 Nougat tizimi bilan taqsim qilingan. 2018 yil fevral oyida qurilmalar Android 8.0 Oreo yangilanishini va 2019 yil boshida Android 9 Pie asosidagi One UI interfeysining yangi versiyasini qabul qilgan.

O‘QING: Navbatdagi Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kela boshladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!