Samsung loviyasimon simsiz quloqchini va yana bir devaysini Galaxy Note 20’lardan oldin chiqaradi (+video)

  •   DiMaX
  •  554
  •  11.06.2020 12:13

Samsung loviyasimon simsiz quloqchini va yana bir devaysini Galaxy Note 20’lardan oldin chiqaradi (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant bu yilgi Galaxy Unpacked tadbirini onlayn tarzda, 5 avgust kuni o‘tkazadi. Kompaniya unda Galaxy Note 20 turkumi fabletlari va Galaxy Fold 2 buklamafonini namoyish etadi.

O‘QING: Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa...

Mazkur taqdimotda Samsung yana ikkinchi «raskladushka»si – Galaxy Z Flip 2 smartfonini ham ko‘rsatishi kutilmoqda. Bulardan tashqari, Galaxy Unpacked marosimida navbatdagi Galaxy Watch smart-soati hamda yangi butkul simsiz quloqchin ham taqdim etilishini aytishayotgandi. Lekin so‘nggi xabarlarga ko‘ra, bu ikki aksessur undan ham oldin – iyuldayoq namoyish qilinadi.

Samsung bu yilgi quloqchinini loviya shaklida tayyorlagan va Galaxy Buds Live deb nomlanadi. Ayrim xabarlarda uni Galaxy Buds Bean yoki Galaxy Buds X deb ham atashgan.

Ushbu quloqchin avgustning boshida sotuvga chiqishini va narxi 150 dollardan pastroq bo‘lishini aytishyapti. Ehtimol, Galaxy Note 20 yoki Samsung buklamafonlaridan biriga oldindan buyurtma beruvchilarga bu quloqchindan qo‘shib ham berishar.

Kompaniyaning aqlli soati haqida esa quyidagi xabarimizda ma’lumotlar berganmiz:

O‘QING: Navbatdagi Galaxy Watch: harbiy himoya, mexanik gardish, EKG va qon bosimi datchigi...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!