Samsung maxsus nashrdagi yangi buklamafon chiqaradi

Samsung maxsus nashrdagi yangi buklamafon chiqaradi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy Z Flip 3 buklamafonini cheklangan miqdordagi Pokemon nashrini chiqarmoqchi. Maxsus nashrdagi buklamafonning shu hafta oxirida onlayn taqdim qilishi rejalashtirilayotgani haqidagi ma'lumotlar kompaniyaning Janubiy Koreyadagi rasmiy veb-saytida paydo bo'ldi.

Maxsus nashrdagi qurilma alohida e'tibor bilan yaratilgan katta, qizil qutida keladi va uning ichida oddiy, qora rangdagi Galaxy Z Flip 3 ning o'zi Poke Ball stilidagi qutichada bo'ladi. Shuningdek, qutida tasmali Pokemon sumkachasi, ikki xil Pikachu stikerlari bilan moslashtirsa bo'ladigan shaffof g'ilof, kalit uchun Pikachu zanjiri, Poke Ball shaklidagi telefon tutqichi va yana bir nechta Pokemon kartalari mavjud. Buklamafonning o'zi Pokemon'ga oid noyob mavzular, ringtonlar va fon rasmlari bilan keladi.

Galaxy Z Flip 3 Pokemon Edition besh kundan keyin chiqariladi. Hozircha uning narxi, qancha miqdorda chiqarilishi va boshqa mamlakatlarda ham sotilish yoki sotilmasligi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.

O‘QING: Google'ning ilk smartsoati tez orada chiqariladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.