Samsung namoyish etadi: dunyodagi ilk egilgan QLED-monitor

  •   Saroy
  •  1285
  •  29.08.2018 13:21

Samsung namoyish etadi: dunyodagi ilk egilgan QLED-monitor

Model CJ79 34-dyuymli egilgan monitordan iborat, u Intel Thunderbolt interfeys imkoniyatidan foydalanadi. Monitor ikkita Thunderbolt porti va kompyuterlar bilan birga ishlaydigan  Mac va PC bilan ta’minlangan. Thunderbolt 3 porti ma’lumotlarni soniyasiga  40 gigabit tezlikda qayta ishlaydi. Bu USB 3.0 dan qariyb sakkiz barobar tezdir. U shuningdek bir vaqtning o‘zida qurilmani  bitta kabelda 85 Vt gacha quvvatlantira oladi.

O‘QING:Dunyodagi ilk 146-dyuymli MicroLED-televizori sentyabrda sotuvga chiqadi

CJ79 formati 3440 ga 1440 va tomonlar nisbati  21 ga  9. U shuningdek, Picture-by-Picture (PBP) funksiyasini ham qo‘llab quvvatlaydi. Bu esa foydalanuvchilarga tasvirning ikkala manbasi bilan ishlash imkonini beradi.

Shu bilan birga,  Samsung 43-dyuymli egilgan  CJ89 monitorini ham namoyish qiladi. Uning formati  3840  ga 1200, tomonlar nisbati  32 ga 10. Yangi qurilma stereodinamika, klaviaturani qo‘shish uchun xab hamda  USB-Type C porti orqali ishlaydigan boshqa periferiyalar bilan ta’minlandi. Samsung CJ79 va CJ89  monitorlarini  hozircha Yevropada buyurtma qilish mumkin, keyinroq sayyoramizning boshqa mintaqalarida ham xarid qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING:Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!