Samsung naq 64 MPlik kvadrokamera va 6000 mA/soatlik batareyaga ega arzon «megamonstr» taqdimot kunini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  3207
  •  11.02.2020 12:03

Samsung naq 64 MPlik kvadrokamera va 6000 mA/soatlik batareyaga ega arzon «megamonstr» taqdimot kunini e’lon qildi

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy M31modelini «megamonstr» deya reklama qila boshlagani haqida yozgandik. Arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, Samsung uni to‘rt modulli kamera bilan jihozlayapti, tag‘in bosh sensori 64 megapiksellik!

O‘QING: Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Nihoyat, kompaniya Galaxy M31 modelining namoyish sanasini rasman e’lon qildi. Quyidagi posterga ko‘ra, uni 25 fevral kuni Hindistonda, mahalliy vaqt bilan 12:00 da boshlanuvchi tadbirda taqdim etishadi:

Anons kunidan tashqari, bu poster yana Galaxy M31 smartfonining ayrim jihatlarini ham oshkor etgan. Ya’ni, uning Infinity-U turidagi, FHD+ formatidagi AMOLED-displey bilan ta’minlashgan. To‘rttalik kameraning bosh moduli 64 megapiksellik datchik ekanini, daktiloskop orqa panelga joylangani va akkumulyatori naq 6000 mA/soatlik ekanini ham Samsung tasdiqlagan.

O‘QING: Galaxy A41 benchmarkda: Samsung uni arzon qilish uchun kutilmagan ishga qo‘l uribdi!