Samsung naq yettita flagman smartfon tayyorlayapti, lekin birortasi ham «Note» emas!

  •   DiMaX
  •  1657
  •  16.11.2020 13:25

Samsung naq yettita flagman smartfon tayyorlayapti, lekin birortasi ham «Note» emas!

Androidpolice resursi muallifi va taniqli insayder Maks Vaynbax (Max Weinbach) janubiy koreyalik korporatsiyaning rejalari haqida yangi ma’lumot e’lon qildi. Unga ko‘ra, keyingi yilda Samsung yettita rusumda flagman smartfon namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 Ultra qo‘shimcha bir komponentga ega bo‘lishi aytildi

Qizig‘i shundaki, Vaynbax taqdim etgan ro‘yxatda Galaxy Note turkumiga mansub birorta ham model yo‘q! Aftidan, Samsung ushbu seriyani tugatishi haqidagi mish-mishlarda jon bor.

Shunday qilib, 2021 yilgi Samsung flagmanlari ro‘yxati quyidagicha bo‘ladi:

Insayder bulardan uchta smartfon S Pen stilusi bilan ishlay olishini ham aytgan. Flagmanlarning boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot yo‘q, lekin ular Qualcomm Snapdragon 875 hamda Exynos 2100 protsessorlari bilan ta’minlansa kerak.

Shuningdek, yana bir ishonchli insayder – Jon Prosser (Jon Prosser) yozishicha, asosiy flagmanlar – Galaxy S21 turkumi 14 yanvarda namoyish etiladi va 29 yanvardan sotila boshlaydi.

O‘QING: Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!