Samsung’ning eng kuchli smartfonlari avtonomligi sezilarli ravishda oshdi

Samsung’ning eng kuchli smartfonlari avtonomligi sezilarli ravishda oshdi

Ma’lum bo‘lishicha, Samsung Galaxy S10 flagmani oxirgi dasturiy yangilanishdan so‘ng muhim yangilikka ega bo‘ldi. Qizig‘i, bu haqda ishlab chiqaruvchi hech narsa demagan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yangilanishdan so‘ng xavfsizlik tizimi yaxshilangan, shuningdek, tungi rejim funksiyasi qo‘shilgan.

Foydalanuvchilarning aytishiga qaraganda, yangilanish sabab Samsung Galaxy S10 va Samsung Galaxy S10+ smartfonlari avtonomligi yaxshilangan.

Samsung tomonidan rasmiy xabar berilmagan ekan, dasturchilar akkumulyator quvvatini sarflovchi bir qancha xatoliklarni bartaraf etgan ko‘rinadi.  

O‘QING: Galaxy A50 yana Terashop.uz’da, Galaxy S10e ham yetib keldi! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 25 aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!