Samsung’ning hamyonbop Galaxy A2 Core smartfoni bilan ilk tanishuv!

  •   DiMaX
  •  3146
  •  15.03.2019 18:33

Samsung’ning hamyonbop Galaxy A2 Core smartfoni bilan ilk tanishuv!

Janubiy koreyalik texnogigant keyingi paytlarda nisbatan arzon va o‘rta narxli smartfonlarga ko‘proq e’tibor berayotganidan xabaringiz bor. Shu kunlarda u yana bitta – Galaxy A2 Core rusumli hamyonbop modelni tayyorlamoqda.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Slahshleaks resursi model raqami SM-A260 bo‘lgan Samsung Galaxy A2 Core modelining sifatli suratini e’lon qildi. Lekin bu «jonli» rasm emas, balki «sizib chiqqan» ma’lumotlarga asoslanib, kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan tasvirdir.

Smartfonning nomiyoq uning hamyonbop model ekanligiga ishora qilmoqda, shuningdek, Samsung Galaxy A2 Core suratiga qarab ham buni bilish qiyin emas. Samsung uni plastik korpusda ishlab chiqaradi, orqa panelida dinamik tirqishi ko‘rinib turibdi. Har ikkala – old va orqa kameralar bitta datchikli, barmoq izi skaneri yo‘q, lekin quloqchin tirqishi saqlanib qolgan.

Janubiy koreyalik korporatsiya bu modelini qachon taqdim etishi hozircha noma’lum. Lekin global bozorga taqdim etilgan turli modellardagi Samsung telefonlarini 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud. Bundan tashqari, mazkur internet-do‘kondan tovar xarid qilsangiz, shu kunlarda amalda bo‘lgan «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!