Samsung’ning «masxaraviy» seriali: u Galaxy Note 9 reklamasida ham Apple va iPhone X ustidan kulmoqda

  •   DiMaX
  •  2351
  •  13.08.2018 12:20

Samsung’ning «masxaraviy» seriali: u Galaxy Note 9 reklamasida ham Apple va iPhone X ustidan kulmoqda

Janubiy koreyalik gigantning o‘z reklama roliklarida Apple ustidan kulishni «san’at darajasiga olib chiqqan»idan xabaringiz bor. Kuni kecha taqdim etilgan fabletning reklama roliklarida ham shu g‘alati an’ana davom etayotir.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung endi Apple va iPhone’ni «serial tarzida» masxara qilishga o‘tdi! (+3 ta video)

Samsung endi Galaxy Note 9 fabletining ikkita reklama roligini chiqardi – ularda ham iPhone kamchiliklari hamda umuman Apple mayna qilingan. «Masxaraviy serial»ning navbatdagi qismlarida ham huv o‘sha ilk lavhadagi yigit – Apple Store maslahatchisi (ularni «Genius», ya’ni «Daholar» deb atashadi) bosh rolda namoyon bo‘ladi.

Yangi reklama lavhalaridan birinchisi «Ingenius: Power» deb nomlanadi va unda Galaxy Note 9 hamda iPhone X’dan qay biri kuchliroq ekanligi haqida mijoz va Apple xodimi orasida bahs ketadi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Garchi Samsung bu borada raqibining ustidan kulayotgan bo‘lsa-da, aslida Galaxy Note 9 samaradorlik sinovida kupertinolik raqibiga yengilgan.

O‘QING: TEST: Samsung’ning eng qimmat, eng zo‘r flagmani iPhone X va OnePlus 6’gayam bas kelolmadi!

Ikkinchi videorolik esa «Ingenius: Pen» deb atalib, unda Apple Pencil hamda Galaxy Note 9 jamlanmasidagi S-pen orasidagi farq xususida so‘z boradi. Mijoz bu ikki mahsulotning farqini so‘raganida, «daho» – Apple xodimi: «Apple Pencil faqat iPad’da ishlaydi», deb javob beradi va chindan ham shunday.

Umuman olganda, bu reklama roliklari ayni kunlarda smartfon xaridorlarini o‘ylantirayotgan asosiy savollarga oydinlik kiritadi. Ammo Samsung keyingi paytlarda Apple’ni mayna qilishga jiddiy kirishgani qiziq. Shu kungacha «masxaraviy serial»ning to‘qqizta qismi internet yuzini ko‘rdi. Samsung buni hali davom ettiradigan ko‘rinadi, ularni birga kuzatamiz – bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Samsung va Apple orasidagi reklama jangi: «Masxaraviy serial»ning yangi qismlari! (+3ta video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.