Samsung’ning o‘rta narxli smartfonlarida ham skanerli ekran bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1271
  •  17.07.2018 12:40

Samsung’ning o‘rta narxli smartfonlarida ham skanerli ekran bo‘ladi

O‘tgan yili Vivo kompaniyasi boshlab bergan yangi trend – barmoq izi skanerining displeyga tatbiq etilishi ko‘p kompaniyalarga tarqalmoqda. Ammo yetakchi smartfonsozlardan bo‘lgan Samsung Electronics bu tajribaga hozircha butkul qo‘shilmay turibdi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 hali namoyish etilgani yo‘q, lekin kimlardir uni allaqachon tutib yuribdi

Lekin janubiy koreyalik texnogigant ham o‘z qurilmalarida ushbu texnologiyani qo‘llash arafasida turibdi. Samsung Electronics nafaqat flagmanlarini, balki o‘rta narxli smartfonlarini ham daktiloskopik skanerga ega ekran bilan jihozlashi mumkin. Bu haqda Ice Universe nikli xitoylik taniqli insayder o‘zining Weibo akkaunti orqali xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Galaxy S10 flagmani Samsung’ning ekranga integratsiya qilingan barmoq izi skaneriga ega yagona smartfoni bo‘lmaydi. 2019 yilgi Galaxy A turkumiga mansub «katta» modellarda ham shu texnologiya qo‘llaniladi.

O‘QING: Galaxy S10 millionlab insonlarni hayratga soladi