Samsung noiloj Galaxy S21 flagmanlari kamerasidagi nuqsonni tan oldi (+video)

  •   DiMaX
  •  1606
  •  01.06.2021 10:52

Samsung noiloj Galaxy S21 flagmanlari kamerasidagi nuqsonni tan oldi (+video)

Butun dunyo bo‘ylab Galaxy S21, Galaxy S21+ hamda Galaxy S21 Ultra smartfonlarining foydalanuvchilari turli forumlarda va tarmoqlarda ulardan shikoyat qilishmoqda. Ta’kidlanishicha, bu flagmanlarning kameralari yetarlicha samarador emas, ayniqsa, rejimni almashtirishda va masshtablashtirishda bu yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?

Samsung Electronics kompaniyasi bir necha oydan beri aytilib kelayotgan ushbu shikoyatlarga nihoyat munosabat bildirdi. To‘g‘ri, ishlab chiqaruvchi mazkur nuqsonning qachon bartaraf etilishini aytmagan, lekin loaqal mazkur muammodan xabardor ekanligini bildirgan.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash forumida Samsung‘ning aynan kameralar bilan shug‘ullanuvchi muhandislaridan biri mazkur kamchilikni quyidagicha tasdiqlagan:

«Muayyan sharoitlarda, xususan, protret rejimida suratga olayotganda xotira yoki hisoblash resurslari yetishmasa ushlanib qolishlar yuzaga kelishini biz tasdiqlaymiz».

Samsung vakili ushbu nuqsonni bartaraf qilish ustida ishlayotgani, uni iyundagi proshivka yangilanishi bilan tarqatmoqchi ekanligini ham aytgan.

O‘QING: Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!