Samsung noodatiy dizayndagi smartfonni patentladi

Samsung noodatiy dizayndagi smartfonni patentladi

LetsGoDigital va Concept Creator Koreyalik smartfon ishlab chiqaruvchi tomonidan yartilgan so‘nggi L-shaklidagi smartfonining render renderlarini ishlab chiqdi. Patent yon tomonga ochiladigan buklanuvchi displeyga ega va «yopiq» holatda qurilmaning orqa tomoniga buklanadi. 

Ushbu form-faktori ko‘proq LG Wing smartfonini eslatib yuboradi. LG Wing'ning ikkilamchi displeyi ikkinchi darajali ilovalarni ochish yoki o‘yin o‘ynash va video tomosha qilish paytida qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun ishlatilgan.  

Ushbu Samsung qurilmasining qo‘shimcha displeyi esa smartfon romining yuqori chap qismida bo‘ladi. 

Ekran orqaga buklanganligi sababli, displeyning bu qismidan orqa kameralar uchun vizor sifatida ishlatilish mumkin. Patent chizmalariga ko‘ra, qurilmada uchta kamera va LED chirog‘i bo‘ladi, ammo ularning aniq tafsilotlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Patentda eslatib o‘tilgan boshqa tafsilotlar ikki qismli akkumulyator va Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 qurilmalarining buklanuvchi displeyini  himoya qiluvchi Samsung UTG shishasini (Ultra yupqa shisha) o‘z ichiga oladi. 

Hozircha ushbu smartfon haqiqatdan ham ishlab chiqarilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Kompaniya bu to‘g‘risida rasmiy bayonot bermadi. 

O‘QING: Galaxy A73 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!